Jahon

Lira “quladi” – undan foydalanmaslik xato

Gretsiya va bolgariyaliklar savdo uchun Turkiyaga shoshilishmoqda.

Lira “quladi” – undan foydalanmaslik xato

 

Gretsiya va Bolgariya aholisi turk lirasining qulashi fonida qo‘shni Turkiyaga xarid qilish uchun avtobus va mashinalarda  borishmoqda. Mamlakat iqtisodiy inqirozni boshidan kechirmoqda, inflyatsiya 21 foizdan oshdi, bu oziq-ovqat, yoqilg‘i va uy-ro‘zg‘or buyumlari narxida o‘z aksini topmoqda. Bundan esa  xorijliklar foydalanib qolmoqda.  

 


“Bu yerda xarid qilish men uchun qulayroq, men Yangi yil uchun kiyim-kechak, oziq-ovqat va bolalar uchun zarur bo‘lgan hamma narsani sotib olaman. Bolgariyada hamma narsa bu yerdan ancha qimmat. Men 500 levani liraga  almashtirdim, bu  hammasiga  yetadi”, – deydi Bolgariyadan kelgan sayyoh Gulfi Osinova.

 


Ma'lumot uchun: 20-dekabr kuni turk valyutasi AQSH dollariga nisbatan 18 lira 36 kurushni tashkil qilib, tarixdagi eng past darajaga yetdi. Shundan keyin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on liradagi depozitlarni valyuta kursining o‘zgarishidan himoya qilish uchun yangi moliyaviy vositalarni e’lon qilganidan keyin u asta-sekin tiklana boshladi. Yil davomida turk valyutasi dollarga nisbatan taxminan 40% qiymatini yo‘qotdi. 

 


Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning fevral-mart oylarida Rossiya, Turkiya va Eron pandemiya masalasida sammit o‘tkazishi xabar qilingan edi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Lira “quladi” – undan foydalanmaslik xato | Zamon.uz