Avtobus va metroning harakatlanish vaqti uzaytirilmoqda
Jamoat transportlarining bayram kunlari qay tartibda ishlashi ma’lum bo‘ldi.

2021-yil 31-dekabr dam olish kuni metropoliten doimiy tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi. Ish vaqtining tugashi esa 1 soatga uzaytiriladi, ya’ni barcha metro bekatlari 31-dekabr 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
2022-yil 1–4-yanvar kunlari metropoliten yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida (poyezdlar 40% ga kamaytirilgan holatda) harakatlanadi.
Shuningdek, Toshkent shahrida avtobuslarning bayram kunlarida harakatlanish tartibi quyidagicha bo‘ladi:
2021-yil 31-dekabr – dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, ish vaqtining tugashi 1 soatga uzaytirilmoqda;
2022-yil 1-yanvar – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar soni 40% ga kamaytirilgan holda ishga chiqarilishi rejalashtirilgan;
2022-yil 2-yanvar – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;
2022-yil 3-yanvar – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;
2022-yil 4-yanvar – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;
2022-yil 8-yanvar – shanba, ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatini davom ettiradi.








