Bayram kunlari Toshkent jamoat transporti harakati bir soatga uzaytiriladi
Yurtimizda "Yangi yil" bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 2021 yil 31 dekabr, 2022 yil 1, 2, 3, 4 va 8 yanvar kunlari jamoat transportini tashkil etish belgilandi.

Yurtimizda "Yangi yil" bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 2021 yil 31 dekabr, 2022 yil 1, 2, 3, 4 va 8 yanvar kunlari jamoat transportini tashkil etish belgilandi.
Bunga ko‘ra:
-2021 yil 31 dekabr - dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytirilmoqda;
-2022 yil 1 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar soni 40% ga kamaytirilgan holda ishga chiqarilishi rejalashtirilgan;
-2022 yil 2 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;
-2022 yil 3 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;
-2022 yil 4 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;
-2022 yil 8 yanvar -shanba, ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatini davom ettirishi belgilab qo‘yildi.







