O'zbekiston

Kelgusi yildan elektr, gaz va issiqlik ta’minoti tizimlari barqaror ishlaydi

Prezident raisligidagi videoselektr yig’ilishi ayni shu masalalarga bag’ishlandi.

Kelgusi yildan elektr, gaz va issiqlik ta’minoti tizimlari barqaror ishlaydi

 

Bugun, 30-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022-yilda iqtisodiyot tarmoqlari va kommunal soha barqaror ishlashini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Unda 2021-yil og‘ir kelganiga qaramay, iqtisodiyotda ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi. Xususan, joriy yilda yalpi ichki mahsulot 7 foizga, sanoat 9,5 foizga, xizmatlar 20 foizga, qurilish sohasi 6 foizga, qishloq xo‘jaligi 4 foizga o‘sgan. Inflyasiya darajasi 10 foizdan past bo‘lgan.

 

Eksport hajmi 16,5 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan qariyb 1,3 milliard dollarga oshdi. Umumiy qiymati 12,4 milliard dollarlik 318 ta yirik va 14 mingta hududiy loyihalar ishga tushdi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining turmush sharoiti yaxshilandi.

 

Yig‘ilishda kelgusi yilda ham iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, yalpi ichki mahsulot va sanoatni 7 foizdan yuqori, xizmatlarni qariyb 30 foizga oshirish maqsad qilingan.

 

Davlatimiz rahbari yangi yilning boshidanoq, barcha tarmoq va hududlar tizimli ishlab, bu maqsadlarga erishish uchun mustahkam zamin yaratish kerakligini ta’kidladi.

 

Xalqimiz dasturxoni to‘kinligini ta’minlash maqsadida qish oylarida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozorlarga barqaror yetkazib berish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik ta’minoti, kommunal, sog‘liqni saqlash va yong‘in xavfsizligi tizimlarining barqaror ishlashi muhimligi qayd etildi.

 

Malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, jamoat, yong‘in va harakat xavfsizligi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Kelgusi yildan elektr, gaz va issiqlik ta’minoti tizimlari barqaror ishlaydi | Zamon.uz