O'zbekiston

O‘yindan o‘t chiqmasin!

Yangi yil bayrami arafasida o‘smir yoshdagi bolalar o‘rtasida pirotexnika vositalariga bo‘lgan qiziqish oshadi. Bu esa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

O‘yindan o‘t chiqmasin!

 

Yangi yil bayramiga oz fursat qoldi. Bu vaqtda paqildoqlar mavsumi ham avj pallaga kiradi. Bayramda rang-baranglik bo‘lgani, bolajonlarning quvonchiga quvonch qo‘shilgani yaxshi, albatta. Biroq undan noto‘g‘ri foydalanish inson salomatligi uchun xavf solishini ham aslo unutmaslik kerak.

 

Paqildoqlardan, asosan, 11-12 yoshli bolalar jabr ko‘radi

 

Mutaxassislarning fikricha, pirotexnika vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish qo‘l va ko‘z kuyishi, hattoki, quloq pardasining yirtilishi, yuzda turli chandiqlar qoldirishi mumkin.

 

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish marazining ko‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokor muovini Sanjar Matkarimovning taʼkidlashicha, Paqildoqlardan, asosan, 11-12 yoshli bolalar jabr ko‘radi.

 

— Dunyo tajribasidan shuni ko‘rish mumkinki, Paqildoqlardan o‘g‘il bolalarga qaraganda ko‘proq qizlar aziyat chekar ekan, — dedi u. — Chunki o‘smirlar paqildoqlarni aksariyat hazil aralash qizlarga qarata otishadi. Bola bolada, xavfsizlik choralarini unutib qo‘yishadi. Bu esa bolalar bilan bog‘liq ayanchli holatlarni keltirib chiqaradi. Har yili klinikamizga bayram oldi qulog‘i, yuzi, jag‘ qismi qo‘li jarohatlangan bolalar ko‘p keladi. Yaqinda bir voqeaga guvoh bo‘ldim. Maktabda bolalar o‘yin qilib bir biriga paqildoq otayotgan vaqt paqildoq bolaning kaftida portlagan. Oqibatda, bolaning ikki barmog‘i uzilib tushgan. Albatta pirotexnikadan kuygan bemorlar avvalgi yillarga qaraganda ancha kamroq, biroq bu ogohlikni susaytirish kerak degani emas. Ota-onalar bolalariga har doim eʼtiborli bo‘lishi kerak.

 

Bebosh o‘yin sabab nogiron bo‘lib qolganlar dardi

 

Oz fursatli quvonch, rohat sabab bir insonning hayoti tubdan o‘zgarib ketishi hech gap emas. Afsuski, oramizda paqildoq zarbidan aziyat chekkanlar ham bor. Hatto, ular orasida bir umrga majruh bo‘lib qolganlari ko‘rib, kishi dili xufton bo‘ladi.

 

Nodir Salomov:

— 12 yoshimda yuzim pirotexnika vositasi sabab kuyib qolgan. Maktabda o‘qib yurgan vaqtlarim sinfdoshlarim maktabga paqildoq vositalar olib kelishardi. Bizga ularni portlash jarayonini tomosha qilish juda qiziq edi. Qizlarni qo‘rqitish maqsadida ham ataylab ularning oyog‘iga otardik. Ota-onam ovqatlanish uchun berishgan pulni ishlatmay yig‘ar edim. Maktab yonida pista-qurt sotadigan ayol paqildoqlarni yashirincha xaltasida olib kelib bizga sotardi. Bir kuni qo‘limdagi paqildoqqa yonayotgan gugurt cho‘pini yaqinlashtirishim bilan u kutilmaganda portlab ketdi. Uni otishga ham ulgurmadim. Yuz va qo‘limda kuchli og‘riq sezdim. U yog‘i nima bo‘lganini eslolmayman. Ko‘zimni ochsam shifoxonada — jonlantirish bo‘limida ekanman. Bu voqeaga 6 yil bo‘lgan. Yuz va qo‘limda chandiq qolgan, o‘ng ko‘zim ham yaxshi ko‘rmaydi.

 

Salomat Hoshimova:

— Pirotexnika vositalaridan qattiq qo‘rqaman. Ko‘chada bolalar bir yerga yig‘ilib turganini ko‘rsam o‘sha joydan yuragimni hovuchlab o‘taman. Chunki bundan ikki yil avval ko‘chada ketayotganimda bolalar hazillashib oyog‘im tagiga paqildoq otishganda u etigim ichiga tushgan. Oyoq kiyimimni yechib, ichidan paqildoqni chiqarib yuborgunimcha u portlab ketgan. Ancha vaqtgacha yurolmay, bir joyda o‘tirganman. Ota-onalardan farzandlarini asrab-avaylashlari va bu kabi noxush o‘yinlarni dilbandlarining qo‘liga tutqazmasliklarini so‘rardim.

 

Гап эртамиз эгаларининг саломатлиги ҳақида кетар экан бир лаҳзалик завқ ортидан содир бўлиши мумкин бўлган фожиа ва турли ҳалокатларга лоқайд бўлишга ҳеч биримизнинг ҳаққимиз йўқ. 

 

Муножат Валиева 

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"