Putin Shavkat Mirziyoyevni Yangi yil bilan tabrikladi
Rossiya yetakchisi o‘z tabrigida 2022 yilda Moskva va Toshkent o‘rtasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha samarali muloqot va yaqin hamkorlikdagi ishlar davom etishiga umid bildirgan.

“Bu, shubhasiz, do‘st Rossiya va O‘zbekiston xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashga mos keladi”, — deyiladi Kreml saytida chop qilingan tabrik matnida.
Shuningdek, Putin O‘zbekiston rahbarining noyabr oyidagi Moskvaga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik mustahkamligini tasdiqlaganini qayd etgan. Ikki davlat rahbarlarining muzokaralari hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilash imkonini bergan.







