O'zbekiston

1-fevraldan boshlab ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi

Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori e’lon qilindi.

1-fevraldan boshlab ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi

 


30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

 

Unda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining yangilangan asosiy vazifalari belgilab berilgan. Jumladan, qo‘mita tomonidan 2022-yil 1-dekabrga qadar Ekologik kodeks loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilgan.  

 

Yangilik sifatida 2022-yil 1-martdan boshlab ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlariga ular egaligidagi  bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) bo‘lgan yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqini berish belgilandi:

 

davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) bo‘lgan yer uchastkalari quyidagi shart va majburiyatlar bilan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi:


yer uchastkalarini obod holda saqlash;

 

daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni parvarish qilish va sug‘orish;

 

yig‘ishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini o‘rnatish;

 

bolalar maydonchalari, o‘tirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini o‘rnatish, ta’mirlash va saqlash;

 

aholi uchun piyoda yo‘laklarini barpo etish, ta’mirlash va lozim darajada saqlash.

 

Shuningdek, qarorda 1-fevraldan boshlab ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimini joriy etish ko‘rsatib o‘tilgan:

 

2022-yil 1-fevraldan boshlab:

 

viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritilsin;

 

Toshkent shahri va uning tumanlari hokimlarining arxitektura, kapital qurilish, kommunikasiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

1-fevraldan boshlab ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi | Zamon.uz