O'zbekiston

Bayram kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi

31 dekabr — 4 yanvar kunlarida davolash-profilaktika muassasalarida 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimi navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Bayram kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi

 

Prezidentimizning tegishli farmoniga ko‘ra, Yangi yil bayramida yurtdoshlarimiz 31 dekabrdan 5 yanvargacha ketma-ket 5 kun dam oladi. Ana shu davrda xalqimizning xotirjamligi hamda salomatligini taʼminlash — o‘ta muhim masala.

 

Shundan kelib chiqqan holda, bayram kunlarida mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida shtab tashkil etildi va bugun uning dastlabki yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Unda qayd etilganidek, 31 dekabr — 4 yanvar kunlarida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarida 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimi navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:

-995 ta oilaviy poliklinika,

- 858 ta oilaviy shifokor punkti,

- tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar,

- ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari,

- tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.

 

Shuningdek:

- Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 180 ta aholi punktida joylashgan subfiliallarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira o‘rinlari yartildi.

- Call-markaz (1003) orqali malakali mutaxassislardan koronavirus bo‘yicha savollaringizga tunu kun javob olishingiz mumkin.

 

O‘z navbatida, mamlakatimiz bo‘ylab 2861 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda turadi.

 

Bundan tashqari, bayram kunlari 238 ta tug‘ruq muassasasi ham uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi.

 

Sanitariya-epidemiololgiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan bo‘limlarida ham 24 soat davomida 200 nafardan ziyod navbatchi shifokor, qariyb 200 nafarga yaqin vrach-laborant va yordamchi xodimlar o‘z faoliyatini davom ettiradi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi bayram va dam olish kunlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorligini bildiradi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bayram kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi | Zamon.uz