Farg‘onadagi hammomlardan birida gaz portladi
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Bugun, 31-dekabr kuni soat 17:00 da Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanining “Qorayantoq” mahallasidagi hammomda gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan. Oqibatda hammom binosining tom qismi qulab tushgan.
Hodisa oqibatida uch nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, to‘rt nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bir oy avval Farg‘onada gaz zapravkasi portlab ketgan edi.








