Poytaxtimizda kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Harorat 11-13° iliq bo‘ladi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda kechga tomon biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-7° iliq bo‘ladi.







