O'zbekiston

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi

Farmon loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi  portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirildi.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi

 

Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yangi O‘zbekistonning 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi ishlab chiqildi.

 

Ushbu loyiha bilan Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha milliy komissiya tarkibi hamda “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda.

 

Farmon loyihasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi tadbirlarni kelgusi yillarda amalga oshirish rejalashtirilmoqda.  

 

Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorini o‘n barobardan o‘n ikki barobarigacha oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik va maʼmuriy ishlar bo‘yicha davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibini joriy etish, pensiya hisoblashda bolani parvarishlash taʼtilida bo‘lish vaqtini ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish, nogironligi bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblash nazarda tutilmoqda.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida birinchi-to‘rtinchi sinf o‘quvchilarini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan taʼminlash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo‘l ochish maqsadida eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalarni tugatish, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarini daromad solig‘idan ozod etish va boshqalar rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, Taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yo‘nalishlar ilgari surilmoqda:  

– inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yana-da rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish,  

– mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish,  

– milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish surʼatlarini zamon talablari darajasida taʼminlash,  

– adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish,  

– maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish,  

– umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish,  

– mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.

 

Farmonning qabul qilinishi natijasida kelgusi yillarda yettita ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalar belgilab olinadi va xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshiriladigan islohotlar keng ko‘lamda davom ettiriladi.

 

Farmon loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi  portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirildi. Ushbu loyiha yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirishingiz mumkin.  

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi | Zamon.uz