Jahon

Yangi yil dunyoda qanday nishonlanadi?

Yangi yil bayrami har bir mamlakatda turlicha nishonlanadi. Bu asrlar davomida yashab kelayotgan urf-odatga aylanib ulgurgan. Bugun dunyo xalqlarining bir-biridan qiziqarli Yangi yil bayrami bilan tanishamiz.

Yangi yil dunyoda qanday nishonlanadi?


Italiya


Italiyada yangi yil, odatda, tashqarida kutib olinadi. 1 yanvar kuni tunda avtomobil harakati to‘xtatib qo‘yiladi.

 

Shotlandiya

 

Shotlandiyada yangi yil shodiyonalari 29 dekabrdan boshlanib, to‘rt kun davom etadi. Shu kuni odamlar yoqilgan mash’alalarni qo‘lga olib, ko‘chaga to‘planadilar. 30-31 dekabrda bayram tadbirlari davom etadi. 

 


Mamlakatda yangi yil bilan bog‘liq yana bir qadimiy odat bor: bayram kuni yonuvchan modda — smola solingan bochkani yoqib uni ko‘cha bo‘ylab g‘ildiratish. Bu eski yilning ortda qolgani va yangi yilga yo‘l ochilganining ramzidir. Yangi yilda, an’anaga ko‘ra, ertalabki dasturxonga kulcha, pishloq, tushlikda esa dudlangan g‘oz yoki bifshteks, olmali pirog tortiladi.

 


Ispaniya

 

Ispanlar ham yangi yilni o‘ziga xos shodu-xurramlik bilan qarshi olishadi. Ispaniyada bu bayramni nishonlash 25 dekabrdan boshlanib, 12 kun, ya’ni 6 yanvarga qadar davom etadi. 

 

Yangi yil kuni odamlar shaharlarning kuranti atrofida jam bo‘lib, 12 dona uzum donasini yeyishadi. Uzumning har bir donasi o‘n ikki oyning barchasi omadli o‘tishiga ishoradir.  Bu an’ananing yuzaga kelganiga 100 yildan oshdi.

 

Finlyandiya

 

Finlyandiyada yangi yil, odatda, restoranlarda hamkasblar va tanishlar davrasida qarshi olinadi. Soat 12 da odamlar ko‘chaga chiqib, mushakbozlikni boshlab yuboradilar. Odamlar ana shunday shukuhli tunda bir-birlariga salomatlik, baxt-saodat tilaydi. 

 

Faqat shu kuni pirotexnika vositalaridan foydalanishga ruxsat beriladi. 

 

Ko‘plab fin oilalari bug‘u va it qo‘shilgan chanalarda uchish uchun tog‘li hududlarga, xususan, Laplandiyaga yo‘l oladi.

 

Fransiya

 

Fransiyaning ko‘plab qishloqlarida esa o‘ziga xos an’ana saqlanib qolgan: uy bekalari kelib bayram dasturxoniga tortilgan pishiriqlardan birini buloq suvi oldiga qoldirib ketadi. 

 

Bu tortiqni boshqa bir uy bekasi olib, o‘rniga o‘zining ataganini tashlab ketadi. Shunday qilib, bayram kuni ayollar kechgacha bir-birlarini ana shunday siylaydi.

 

Hindiston

Hindistonda yangi yil kuni havo ancha iliq bo‘ladi. Bu esa ko‘chada kun davomida sayr qilish imkonini beradi. 

 

Yangi yil kuni havo harorati kamdan-kam hollarda 15 darajadan pastga tushadi. Mazkur mamlakatning shimolida yashovchi odamlar yangi yil kuni o‘zlariga pushti, qizil ranglar bilan oro beradilar. 

 

Janubda esa hind ayollari patnislarni turli shirinliklar, gul va kichik sovg‘alar bilan to‘ldirib qo‘yishadi. 

 

Yangi yil kuni ertalab kichkintoylar ko‘zlarini ochmay patnis yoniga kelib, sovg‘a tanlaydilar.

 

Vyetnam


Vyetnamda yangi yilni Tet deb atashadi. U oy kalendari bo‘yicha, (21 yanvardan 19 fevralgacha) erta bahor paytida nishonlanadi. Bunday kunda barcha araz va gina-kudratlar unutiladi. 

 

Bayram oqshomida vyetnamliklar bir-birlariga gullash arafasida turgan, g‘o‘rasi bor shaftoli daraxti novdalarini sovg‘a qilishadi. 

 

Shu kuni ayollar qizil va sariq, erkaklar esa qora rangli kiyimlar kiyishadi. 

 

AQSH

 

AQSHda esa sovg‘adan ko‘ra uning o‘ramlariga alohida e’tibor qaratiladi. Yangi yil oqshomida oila a’zolari sovg‘alarni o‘zgacha hayajon bilan ochishadi. Bunga sabab sovg‘a xuddi karam ichida yashiringandek, bir necha o‘ramga solingan bo‘ladi. Shu bois o‘ramlar ichida nima yashiringaniga hamma qiziqadi.
Angliya

 


Inglizlar yangi yildagi birinchi mehmon xonadon a’zolariga albatta omad keltirishiga ishonishadi. Shu bois ko‘pincha yosh, kelishgan va sog‘lom yigitni kutishadi. Malla, sariq sochli erkaklar va ayollar iloji boricha uyga qo‘yilmaydi. Mamlakatning ba’zi joylarida sochning rangiga e’tibor qilishmaydi. Odamlar mehmondorchilikka non, pirog, tuz va bir bo‘lak ko‘mir olib borishadi. Chunki non va pirog — mo‘l-ko‘llik, ko‘mir — issiqlik, tuz esa boylik ramzi. Qadimiy taomilga ko‘ra, shu onlarda eski yilni kuzatish va yangi yilni kutib olish uchun uy eshiklari ochib qo‘yiladi.

 


Braziliya

 

Braziliyada ham bayram juda chiroyli, o‘ziga xos tarzda nishonlanadi. Shu kuni okean sohillariga minglab sham olib kelinib, qum ustida yoqib qo‘yiladi. Braziliyalik ayollar uzun ko‘ylaklarda, qo‘llarida gul tutgan holda okean suviga kirib, suv ustiga gul yaproqlarini sochadilar. 

 

Irlandiya


Irlandiyada esa yangi yil kirib kelishi oldidan xonadonlar eshiklari ochib qo‘yiladi. Har kim istalgan xonadonga tashrif buyurib, barchani yangi yil bayrami bilan qutlashi mumkin.


Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

 

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.