Ramzan Qodirov oilasi “huquq himoyachisi” deb e’tirof etildi
Davlat rahbari va uning ota-onasiga maxsus medal topshirildi.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va uning ota-onasi Axmat va Aymani Qodirovlar respublikada xizmat ko‘rsatgan huquq himoyachilari deb e’lon qilindi.
Ombudsman Qodirovlarning “inson huquqlarini ta’minlash, davlatchilikni mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, har bir inson va jamiyat farovonligini oshirish uchun shart-sharoit yaratishga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, keng ko‘lamli insonparvarlik yordami”ni alohida ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich qizi, 22 yoshli Ayshat ham “Inson huquqlarini himoya qilgani uchun” medali bilan taqdirlangan edi.
Avvalroq Checheniston rahbari muftiy Usmonxon Alimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgani haqida xabar berilgandi.








