Jahon

Bu gal teskarisi: nomaʼlum kishi Janubiy Koreyadan KXDRga qochib o‘tdi

Pxenyan hozircha hech qanday reaksiya bildirmadi.

Bu gal teskarisi: nomaʼlum kishi Janubiy Koreyadan KXDRga qochib o‘tdi

 

1 yanvar kuni Janubiy Koreya tarafdan nomaʼlum kishi Shimoliy Koreya chegarasini kesib o‘tdi. Bu haqda "Ryonxap" agentligi xabar berdi.

 

Unda aytilishicha, maxsus moslama mahalliy 21:20 da demilitatsiya zonasida inson harakati mavjudligini aniqlagan. U haqdagi maʼlumotlar oshkor qilinmayapti.

 

“Uni tutish uchun harbiylar jalb qilindi. Operatsiyani o‘tkazish davomida 22:40 da u demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tdi (Shimoliy Koreya bilan amaldagi chegara) hamda Shimolga qochib ketdi”, — deya maʼlum qilgan Koreya Respublikasi shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi.

2 yanvar kuni tongda Janubliklar KXDRga bu haqda maʼlumot jo‘natgan. Hozirda qochoqning ahvoli qandayligi maʼlum emas. Shimol harbiylari tomonidan ham alohida harakatlar kuzatilmayapti.

Avvalroq KXDR aholisiga 11 kun kulish taqiqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Bu gal teskarisi: nomaʼlum kishi Janubiy Koreyadan KXDRga qochib o‘tdi | Zamon.uz