Ko‘p kvartirali uylarning 2 730 ta yerto‘lasi tadbirkorlik subyektlariga ajratib berildi
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmati 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ayrim tahlillarni taqdim qildi.

O‘tgan yil davomida 121 ta ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi kompaniya tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 134 ta tashkil etildi.
1 503 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalaridan samarali foydalanish maqsadida, 2 730 ta yerto‘la tadbirkorlik subyektlariga shartnoma asosida ajratib berildi.
Ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilib, 3 203 ta noqonuniy qurilma bartaraf etildi.
Avvalroq ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lasidan foydalanish tartibi belgilangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







