Hafta davomida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda
“O‘zgidromet" haftalik ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda hafta davomida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, hafta davomida Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik asosan qor ko‘rinishida bo‘ladi, 3—4 yanvarda baʼzi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
Havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 7-12 daraja iliq atrofida va meʼyorga yaqin bo‘ladi.
3—4 yanvarda O‘zbekiston bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda tuman kuzatiladi.
Munojat Valiyeva







