"Omikron" shtammining asosiy 8 ta belgisi maʼlum qilindi
Yangi shtammning belgilari tanada infeksiyadan keyingi ikkinchi kundan boshlanadi va taxminan besh kun davom etadi.

Ekspertlar koronavirusning "omikron" shtammining dastlabki bosqichlarida paydo bo‘ladigan va shamollash yoki grippga o‘xshash sakkizta alomatlarini nomladi.
Yangi shtammning belgilari tanada infeksiyadan keyingi ikkinchi kundan boshlanadi va taxminan besh kun davom etadi. Janubiy Afrika, Buyuk Britaniya va Qo‘shma Shtatlar shifokorlari quyidagi alomatlarni nomlashdi:
— tomoq og‘rig‘i
— belning pastki qismi og‘rig‘i
— burun oqishi
— bosh og‘rig‘i
— charchoq
— aksirmoq
— tungi terlash
— tanadagi og‘riqlar.
Taʼkidlanishicha, alomatlar anʼanaviy COVID-19 belgilariga qaraganda kamroq aniqlanadi, chunki ular shamollash yoki grippga juda o‘xshaydi.
Shunga qaramay, mutaxassislar ularni eʼtiborsiz qoldirmaslik va vaqtida shifokor bilan maslahatlashishni maslahat berishdi.
Avvalroq Yaponiya “omikron” shtammi tufayli xorijliklar uchun yopilgani hamda pandemiya yana qancha davom etishi haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







