O'zbekiston

2022-yil 1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi

2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonun matni eʼlon qilindi.

2022-yil 1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi

 

Ushbu Qonunda avtomobilni sotib olganlik uchun yig‘im nazarda tutilmagan. Demak, ushbu yig‘im 1 yanvardan to‘liq bekor qilindi. 

 

Bungacha amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra, avtosalondan yangi mashina sotib olganda shartnoma narxining 3%i miqdorida yig‘im to‘lanardi (masalan, 100 mln so‘mlik mashina uchun 3 mln. so‘m, 300 mln so‘mlik bo‘lsa 9 mln. so‘m).

 

Agar ikkilamchi bozordan mashina sotib olinganda ishlab chiqilgan yiliga qarab har bir ot kuchi uchun 29 ming 700 so‘mgacha yig‘im olinardi. Masalan, ishlab chiqarilganiga 3 yil to‘lmagan 100 ot kuchiga teng mashinani sotib olganlik uchun deyarli 3 mln. so‘m yig‘im to‘lanardi.

 

Endi shu yig‘imlar 1 yanvardan to‘liq bekor qilindi.

 

Agar kimdir mashina sotib olganu, lekin o‘z nomiga rasmiylashtirishdagi katta xarajatdan qochib, "generalnaya doverennost" olib haydab yurgan bo‘lsa, unda endilikda mashinalarini o‘z nomlariga o‘tkazib olishlari mumkin. To‘g‘ri, hozir notariusda to‘lanadigan davlat bojining yuqori stavkalari o‘z kuchida turibdi, ammo tez orada davlat bojlari ham kamaytirilishi kutilmoqda. Yanada aniqroq aytganda mashinaning ot kuchi va yilidan qatʼi nazar bazaviy stavkaning 3 barobari (810 ming so‘m) etib belgilanishi rejalashtirilmoqda.

 

Quyidagi rasmda davlat bojining amaldagi stavkalari keltirilgan. Agar bu narxlar sizga maʼqul kelsa, unda tezda mashinangizni o‘z nomingizga o‘tkazib oling. Yoki bojlar ham kamaytirilishini kutib tursangiz bo‘ladi.

 

Муножат Валиева 

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

2022-yil 1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi | Zamon.uz