O'zbekiston

Buyuk Britaniyada O‘zbekiston 2022 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlardan biri deb topildi

Bu haqda "The Independent" onlayn-nashri sayti xabar qildi.

Buyuk Britaniyada O‘zbekiston 2022 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlardan biri deb topildi

 

Buyuk Britaniyaning ommabop «The Independent» onlayn-nashri saytida «2022 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar» sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

 

Nashr tahririyati ushbu sohaga ixtisoslashgan jurnalistlarning tavsiyalari asosida sayohat qilish uchun eng ommabop 10 ta yo‘nalish sanab o‘tilgan.

 

Ro‘yxatga Normand orollari, Shimoliy Irlandiya, Kanada, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Misr, Butan va O‘zbekiston kiritilgan.

 

Nashrning sayyohlik bo‘yicha muharriri Helen Koffi ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan O‘zbekiston haqida to‘xtalar ekan, Ipak yo‘lining madaniy va tarixiy jihatdan qoq markazida joylashgan, boy merosga ega mamlakatga sayohat qilish taassurotlarga boy bo‘lishini taʼkidlagan.

 

O‘zbekiston bir necha yil avval Buyuk Britaniya fuqarolariga viza talablarini yengillashtirgani, endi ular mamlakatda vizasiz 30 kungacha bo‘lib turishi mumkinligi qayd etilgan.

 

Muallif O‘zbekistonga safarni rejalashtirayotganda o‘z o‘quvchilariga joriy yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro festivallar va boshqa yirik madaniy tadbirlarni o‘z jadvaliga kiritishni maslahat bergan. Uning aytishicha, ushbu madaniy tadbirlar, albatta, sayyohlar orasida katta qiziqish uyg‘otadi.

 

Helen Koffi Xivada o‘tkaziladigan “Lazgi” xalqaro raqs festivali, Mo‘ynoqdagi “Stixiya” musiqa festivali, Qo‘qonda uyushtiriladigan lavanda festivali, Samarqandda har ikki yilda bo‘lib o‘tadigan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali, Toshkent va Buxorodagi «Ipak yo‘li» adabiy festivali, Qo‘qon hunarmandlar xalqaro festivali va toshkent xalqaro kinofestivalini sanab o‘tgan.

 

Bundan tashqari, sanʼat va meʼmorchilik ixlosmandlari eʼtibori bu yil ochilishi kutilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi va qayta taʼmirlangan Davlat sanʼat muzeyiga ham qaratilgan.

 

Munojat Valiyeva

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Buyuk Britaniyada O‘zbekiston 2022 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlardan biri deb topildi | Zamon.uz