Denovda bezorilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ular buyum bozorida janjal uyushtirishgan.

Denov tumanning “Lolazor” mahallasi hududida joylashgan buyum bozorida uch fuqaro o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Tumanning “Bahoriston” mahallasida yashovchi, T.Sobir Sariosiyo tumani "Xonjiza" mahallasida yashovchi, Ch.Do‘stqobil va Ch.Do‘stmurodlar bilan o‘zaro kelishmovchilik sabab, bir-biriga turli tan jarohat yetkazishgan.
16 dekabr kuni t.Sobirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan, Ch.Do‘stqobil va Ch.Do‘stmurodlarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq to‘yxonada kelin-kuyov tomonlar o‘rtasida katta janjal bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







