O'zbekiston

AOKA faoliyati qayta tashkil etiladi

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universititeti agentlik tarkibiga o‘tkaziladi.

AOKA faoliyati qayta tashkil etiladi

 

O‘zbekistonda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining faoliyati xalqaro tashkilotlarning so‘z va matbuot erkinligi sohasidagi tavsiyalari asosida qayta tashkil etiladi.

 

Bu 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasida qayd etildi.

 

Maʼlum qilinishicha, AOKA boshqa davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil hamda Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor shaklda qayta tashkil etiladi. Tashkilot mavjud shtat birliklari va mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorini saqlab qoladi.

 

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, shuningdek, matbuot kotiblari faoliyati samaradorligi reytingi tuziladi. Bu orqali sohada yuqori natijalarga erishgan tashkilotlar matbuot kotiblarini rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Bundan tashqari, loyihada axborot sohasini tartibga soluvchi yagona tizimlashtirilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Bunda zamon talablari asosida axborot sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish nazarda tutilgan. Qolaversa, sohani tartibga solishga qaratilgan qonunlar Axborot kodeksi shaklida unifikatsiya qilinadi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

AOKA faoliyati qayta tashkil etiladi | Zamon.uz