Davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasi oshiriladi
Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy taʼminot darajasini oshirish rejalashtirilgan.

Loyihaga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisining uzluksiz malakasini oshirish va kasbiy rivojlanishi – davlat fuqarolik xizmatini o‘tashning muhim sharti etib belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat taʼlim muassasalarining reyestri yuritiladi.
Ushbu maqsadni amalga oshirish muddati 2022-yilning oktabr oyi etib belgilangan.
Bu 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasida qayd etilgan.
Munojat Valiyeva







