O'zbekiston

Olib qochilgan avtomashinani 13 ming AQSH dollariga pullagan o‘g‘irilar ushlandi

Ularga nisbatan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Olib qochilgan avtomashinani 13 ming AQSH dollariga pullagan o‘g‘irilar  ushlandi

 

O‘zbekiston tumani Tadbirkor ko‘chasida yashovchi 57 yoshli M.A.ning yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirilgan “Laсetti-2” rusumli avtomashinasi nomaʼlum shaxslar tomonidan olib qochilgani haqida O‘zbekiston tuman IIBga murojaat kelib tushgan. Shuningdek, avtomashina yukxonasida 20 million so‘m, saloni ichida 500 AQSH dollari hamda 2 million so‘m pullari bo‘lgani to‘g‘risida maʼlum qilingan.

 

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni O‘zbekiston tumanida yashovchi 40 yoshli O.S. hamda 25 yoshli S.A.lar sodir etgani aniqlangan.

 

Ular jinoiy rejaga asosan jabrlanuvchiga tegishli “Lacetti-2” rusumli avtomashinani olib qochib, Namangan shahri Mashhur ko‘chasida yashovchi 31 yoshli P.J.ga avtomashinani 13 ming AQSH dollariga sotishga kelishganliklarini va ushbu pullardan ming AQSH dollarini olishgani maʼlum bo‘lgan.

 

Fuqaro P.J.dan jabrlanuvchi tegishli bo‘lgan “Lacetti-2” rusumli avtomashina ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.S. va S.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Tergov jarayonida avtomashinada bo‘lgan pullar va transport vositasi olib qochilishi bilan bog‘liq barcha holatlarga qonuniy baho beriladi.

Avvalroq, Andijon tumanidan avtomashina olib qochgan shaxs Namangan shahridan ushlangani hamda Namanganda “moyka” xodimi yuvish uchun qoldirilgan “Malibu”ni olib qochgani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Olib qochilgan avtomashinani 13 ming AQSH dollariga pullagan o‘g‘irilar ushlandi | Zamon.uz