O‘zbekiston xalqi Yangi yilni «Sevimli» bilan kutib oldi!
«Kantar research» xalqaro tashkilotining O‘zbekistondagi telekanallar reytingini baholash tizimi 2021-yil 31-dekabr kun davomida va 1-yanvarga o‘tar kechasi eng ko‘p ko‘rilgan telekanal «Sevimli» bo‘lgani haqidagi ma’lumotni taqdim etdi.

Quvonarlisi shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taэ ееbrigini Respublikamizdagi televizor ko‘ruvchi jami tomoshabinning 33,2 foizi "Sevimli" telekanali orqali tomosha qilgan. Bu o‘rtacha 9 mln. tomoshabin deganidir.
Bayram oqshomida tayyorlanib, soat 20-00 dan efirga uzatilgan «Fayzli Yangi yil shousi» dasturi esa o‘rtacha 7.6 reytingdan 10 reytinggacha ko‘tarilib, 30-33 foizli auditoriyani qamrab olgan.

Qayd etish kerakki, "Kantar Research" MCHJ xalqaro tashkiloti ayni kunda dunyodagi 100 dan ortiq davlatda televideniye auditoriyasi tadqiqotlarini olib boradi. Jahondagi yirik kompaniya va korparasiyalar, tadbirkorlik sub’yektlari aynan mana shu tashkilot hisobotlariga tayanib telekanallarga o‘z mahsulotlari reklamasini joylashtiradi.
Kompaniyaning 2021-yildagi tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, mamlakatimizda "Sevimli" telekanali umumiy 2,1 foiz ko‘rsatkich bilan birinchi, 1,4 foizlik ko‘rsatkich bilan “Zo‘r TV” telekanali ikkinchi, 1,1 foizlik natija bilan "Milliy TV" uchinchi, 1 foizlik natija bilan esa “Mening yurtim” telekanali to‘rtinchi o‘rinni band etdi.
Teletomoshabinlarning yengil-yelpi, musiqiy-ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarga nisbatan tahliliy-tanqidiy, ijtimoiy-siyosiy axborotlarga bo‘lgan qiziqishi ortgan. Jumladan, “Sevimli” telekanalida har kuni 4 marotaba to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli tarzda efirga uzatilayotgan “Zamon” informasion-tahliliy dasturini umumiy teleauditoriyaning 14,1 foizi tomosha qilgan va barcha telemahsulotlar orasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. “Xayrli oqshom” hamda “Mahallada duv-duv gap” tok-shousini yurtimizdagi televizor ko‘ruvchi faol tomoshabinning o‘rtacha 13,2 foizi kuzatgani esa Yangi O‘zbekiston davrida odamlarning dunyoqarashi o‘zgarayotgani, axborotga bo‘lgan talabi o‘sib borayotganini anglatadi.
Bir so‘z bilan aytganda, "Sevimli" telekanali 2021-yilda 6-65+ yoshli auditoriya orasida eng ko‘p ko‘rilgan telekanal bo‘ldi. Jami maqsadli auditorining 15,6 ulushi bilan O‘zbekistonning birinchi raqamli telekanali nomini 2021-yilda ham saqlab qoldi.
"Sevimli" telekanali ijodiy va texnik jamoasi har biringizga mehringiz va ishonchingiz uchun, biz bilan birga bo‘lganingiz uchun rahmat aytamiz. 2022-yilda ham yaxshi loyihalar bilan ko‘nglingizdan joy olishga harakat qilamiz!
Qahramon Saydaliyev
"Sevimli" telekanali bosh muharriri







