Quyuq tuman samolyotlarning ham yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lyapti
“Uzbekistan airways”da yana bir parvoz bekor qilindi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining xabar berishicha, 2022-yil 8-yanvar kuni noqulay ob-havo sharoit (tuman, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) munosabati bilan HY - 017/018 Toshkent – Nukus – Toshkent yo‘nalishidagi aviareys vaqti majburiy o‘zgartirildi.
Ushbu parvozni amalga oshirish vaqti Toshkentdan 22:00 (mahalliy vaqt) etib belgilandi.
Avvalroq, meteorologik sharoit sabab Toshkentdan uchayotgan samolyot Andijonga qo‘na olmagani haqida xabar berilgandi.
Javohirbek Tursunov








