“Tumanli dushanba”ga tayyormisiz?
O’zgidromet hafta boshidagi ob-havo prognozini ma’lum qildi.

O’zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati markazi 9-yanvar soat 20.00 dan 10-yanvar 20.00 gacha bo’lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko’ra, deyarli barcha hududlarda tuman tushishi kuzatiladi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0–2 daraja sovuq, kunduzi 4–6 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi esa 3–8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.








