O'zbekiston

"Omicron" bolalar uchun ko‘proq xavf tug‘dirishi mumkin

Olimlar ushbu shtamm haqida yangi xulosani aytdi.

"Omicron" bolalar uchun ko‘proq xavf tug‘dirishi mumkin

 

Dunyoda pandemiya davrida koronavirusga chalinganlar soni 307 million nafarga yetdi. Shundan qariyb 5,5 million kishi ushbu xastalik tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

 

Umumiy kasallanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha birinchi o‘rinda AQSH (60,2 mln.), ikkinchi o‘rinda Hindiston (35,7 mln.), uchinchi o‘rinda Braziliya (22,5 mln.) va to‘rtinchi o‘rinda Buyuk Britaniya (14,5 mln.) turibdi.

 

Infeksiyaga chalinish bilan bog‘liq kunlik statistikada esa o‘tgan haftaga nisbatan pasayish kuzatilmoqda. Kecha jahonda jami 2 millionga yaqin yangi holat qayd etilgani so‘zimiz tasdig‘idir. Vaholanki, 7 yanvar kuni bu ko‘rsatkich 2,9 millionga yaqinlashgandi.

 

Xususan, 9 yanvar holatiga ko‘ra, AQSHda 446 mingdan ziyod, Fransiyada 296 ming, Braziliyada 200 ming, Hindistonda 179 ming, Buyuk Britaniyada 141 ming nafar bemorda “SOVID-19” aniqlangan. Kasallanish holatlarining aksariyatini “omikron” shtammi tashkil etmoqda.

 

Rossiyalik taniqli virusolog olim Aleksandr Chepurnov kecha ushbu shtamm haqida yangi xulosani aytdi. Uning fikricha, mazkur mutatsiya inson tanasida boshqa infeksiyalar bilan bir vaqtning o‘zida birlashishga qodir. Bu bemor bir paytning o‘zida koronavirusning ikki varianti bilan kasallanishi mumkinligini anglatadi.

 

Kiprda aniqlangan holat ham mutaxassislar eʼtiborini jalb qildi. Bu yerda bir guruh mahalliy olimlar tomonidan “delta” va “omicron” shtammlari gibrididan iborat koronavirusning yangi varianti aniqlandi. Tadqiqotchilar unga “deltakron” nomini berishdi.

 

Kiprlik virusologning so‘zlariga ko‘ra, yangi variant “delta” kabi genetik asosga ega, biroq uning bir qator mutatsiyalari "omicron"  bilan bir xil.

 

Hindistonlik olim Animesh Arya “omikron” ko‘proq bolalar uchun xavf tug‘diradi, degan fikrda. Uning qayd etishicha, bolalarning nafas olish yo‘llari kattalarnikiga nisbatan kichikroq. Yangi shtamm ko‘proq yuqori nafas yo‘llariga taʼsir ko‘rsatayotganini hisobga olsak, u jajji bemorlar soni ortishiga olib kelishi mumkin.

 

"Оmicron"ning paydo bo‘lishi pandemiyaning eng o‘tkir bosqichi yakunlanish arafasida ekanligini anglatadi, deb bayonot berdi Janubiy Afrika Respublikasi olimlari.

 

Bu xulosaga kelishdan avval mutaxassislar guruhi kasalxonada tadqiqot o‘tkazishgan. So‘nggi paytlarda koronavirusga chalingan 466 nafar bemor va ancha avval virusdan sog‘aygan 3976 nafar kishining maʼlumotlari tahlil qilingan.

 

Aniqlanishicha, pandemiyaning yangi to‘lqini davrida bemorlarning atigi 4,5 foizi kasalxonada vafot etgan. Bu ko‘rsatkich avvalgi to‘lqin paytida 21 foizni tashkil etgan. Shuningdek, jonlantirish bo‘limlariga yotqizilganlar soni keyingi paytlarda keskin kamaygan. Bemorlarning statsionar sharoitda sog‘ayishi ham o‘rtacha 8-9 kundan 4 kun

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Omicron" bolalar uchun ko‘proq xavf tug‘dirishi mumkin | Zamon.uz