Qishki taʼtil uzaytirilgani o‘qituvchilarning maoshiga taʼsir qiladimi?
Savollarga vazirlik mutaxassislari javob beradi.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan qishki taʼtil kunlari uzaytirilgani haqidagi xabardan so‘ng o‘qituvchi va ota-onalardan ko‘plab savollar yo‘llandi, deya xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati.
SAVOL: Qishki taʼtil kunlarini 24 yanvarga qadar uzaytirilgani o‘qituvchilarning oylik maoshiga taʼsir qilmaydimi?
- Umumtaʼlim muassasalari o‘quvchilari uchun beriladigan qo‘shimcha taʼtil kunlari davomida xalq taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi to‘lovlari saqlangan holda to‘lab boriladi, yaʼni oylik maoshga taʼsir qilmaydi.
Avvalroq maktablarda ham qishki taʼtil muddati uzaytirilgani hamda koronavirusning yangi shtammi paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







