Xususiy maktablarda ham taʼtilni uzaytirish tavsiya etildi
Taʼtil 24 yanvarga qadar davom etadi.

Nodavlat taʼlim tashkilotlarida ham qishki taʼtil muddatini 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirish maqsadga muvofiq, deyiladi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bayonotida.
Shuningdek, qishki taʼtil davrida o‘quvchilarga oziq-ovqat berilmasligi hamda boshqa sarf-xarajatlar qilinmasligini inobatga olgan holda ularning ota-onalaridan shu muddatlar uchun to‘lov undirilmasligi tavsiya etilgan.
Avvalroq maktablarda ham qishki taʼtil muddati uzaytirilgani hamda кoronavirusning yangi shtammi paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







