0

Maktabgacha ta’lim muassasalarida ham karantin choralari kuchaytirildi

Endi muassasada bayram tadbirlari va yig‘ilishlar o‘tkazilmaydi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida ham karantin choralari kuchaytirildi

 

 

Yurtimizga Koronavirusning “Omicron” shtammi kirib kelishi munosabati bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi quyidagilarni ma’lum qilgan:

 

– Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "COVID-19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar"ga qat’iy rioya etiladi;

 

– davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi; 

 

ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi (zarur vaziyatlarda so‘nggi uch kunlik PSR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo‘lishi lozim);

 

– yig‘ilishlar o‘tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish choralari ko‘riladi;

 

– mazkur cheklovning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qo‘llaniladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"