O'zbekiston

Ayolim meni o‘ldiga chiqarib, o‘zi boshqasiga turmushga chiqdi

Zamon.uz saytiga Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi Alisher Davronovdan murojaat kelib tushdi.

Ayolim meni o‘ldiga chiqarib, o‘zi boshqasiga turmushga chiqdi

 

Murojaatchining aytishicha, u 2015 yili qilgan jinoyati sabab 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazo o‘tayotgan vaqtida qamoqxonaga o‘zi yashaydigan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Abdurashid Rasulov kelib, uni farzandli bo‘lgani, biroq qaynotasi kuyovini o‘ldiga chiqarib, qizini boshqaga turmushga berganini aytadi. Alisher 2019 yili oqlanib, ozodlikka chiqqan. Endilikda uning maqsadi tirikligini isbotlash va farzandining haqiqiy otasi kimligiga oydinlik kiritish.

 

Aslida, masala bu qadar chigallashib ketishiga nima sabab bo‘lgan?

 

— Ota-onamdan qolgan uyda ayolim bilan baxtli yashardik, — deydi A.Davronov. — Turmush o‘rtog‘im "Qo‘yliq" bozoridagi oshxonalarning birida ishchi bo‘lib ishlardi. Orada paxta yig‘im terimi boshlangach, ayolim “paxta terib, pul ishlayman” deb uyga juda kech qaytadigan odat chiqardi. “Uyga o‘z vaqtida kel!”, deya bir necha bor urushdim. Ammo quloq solmay, baribir daladan kech qaytaverdi. Kunlarning birida u bir haftaga yo‘q bo‘lib qoldi. Qo‘ng‘iroq ham qilmadi. Izladim: ota-onasi, qarindosh-urug‘lari, tanish-bilishlarimiz bilan bog‘landim. Biroq hech qanday natija bo‘lmadi. Bir haftadan keyin o‘zi uyga qaytdi. Ammo qayerda ekanini aytmadi. Ayolimning yengil tabiatli ekanini keyinroq tanishlarimdan eshitdim. Bunday gap har qanday erkakning g‘ururiga tegadi. Alam bilan uni uydan haydab yubordim. Oilaviy muammolarim hal bo‘lmay, qamalib qoldim.

... Ayolimni hozirgi yashayotgan eri bilan ham gaplashdim. U menga “Ayoling seni o‘ldi, deb aytdi, shunga uylandim, bo‘lmasam unga yaqinlashmasdim”— dedi. Men bilan qonuniy ajrashmay qanday qilib boshqasiga turmushga chiqish mumkin? Tug‘ilgan farzand menikimi yoki boshqaniki? Buni ham bilmayman. Ammo hozirda farzandimga aliment to‘layman. Qarzdorligim juda katta. Deyarli oyligimning 50 foizi qolinadi. Hech yo‘q, to‘laydigan aliment pulimning miqdorini kamaytirib berishsin.

6 yil ichida farzandimni borib ko‘rmadim. Chunki ikki yil maʼmuriy nazoratda edim. Yashash hududimni tark etolmasdim.

 

Biz ushbu fuqarodan aliment puli nima sababdan belgilangan miqdordan ko‘ra ko‘proq olinishi katta summada olinishini bilish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi MIBning O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi xodimi Munira Esonova bilan bog‘landik:

 

— Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining 25 avgust 2015 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor Alisher Davronov Dilafruz Davronova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandini voyaga yetgunga qadar barcha daromadlarini birdan to‘rt qismi (25 foiz)miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 2015 yil 25 sentyabrda kelib tushgan. O‘sha vaqtda qarzdorni topishning imkoni bo‘lmagan. Biz jazo o‘tayotganlarini bilmaganmiz. Shu sabab qarzdorligi katta. Oyligidan 25 foiz emas, balki 50 foiz ushlab qolinadi.

 

Abdurashid Rasulov, mahalla raisi:

 

— Men Alisherni ko‘rgani qamoqxonaga borganman, ammo ayoli turmushga chiqqanini birinchi mendan emas tanishlaridan eshitgan. Bu yigitni yaxshi bilaman. Doim uni nazoratda ushlayman. Ayolini boshqa odamga turmushga chiqib ketgani, albatta, unga qattiq taʼsir qildi. Axir, diniy tomondan uni ruxsatini bermagan, qonuniy ham ajrashmagan.

Uning ayoli haqida yomon gap eshitmaganman. Xulqi yomon bo‘lgan, deya olmayman. Yaxshi yashab yurishgandi.

Arzimagan vajlar sabab oilani barbod etish, albatta, farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir etadi. Bejiz xalq orasida “Bolaning uvoli tutadi”, degan gaplar ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan. Alisherning qaynotasi Odil akaning aytishicha, kuyovi farzandining yetim qolishini uylamayapti.

— Nevaram tug‘ilganida kuyovim qamalmagandi. Farzandini ko‘rishga tug‘ruqxonaga ham kelmadi. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani ham o‘zim oldim. So‘ng uyga — Andijonga olib ketdim. Oradan bir muddat o‘tgach, uni qamalib qolganini bildik. Qizimga yashashi uchun ikki xonali uy qurib berdim. Qizi bilan o‘sha uyda yashadi. Kunlarning birida ishdaligimda kelinim qo‘ng‘iroq qilib uyga kuyov kelgani va “Menga bunday ayol kerakmas, qo‘yib yubordim” deb ketganini aytdi. Shundan so‘ng qizimni boshqa odamga uzatdim.

 

Dilafruz Davronova, turmush o‘rtog‘i:

 

— Erim bilan juda yomon sharoitda yashadik. Oilada deyarli faqat men ishlardim. Erim uchun men hech kim emasligim, berilgan vaʼdalar bajarilmasligi menga alam qilardi. Doimiy bo‘ladigan janjallardan charchab ketgandim. Turli bo‘htonlar bilan meni fohishalikda ayblab, haydab yubordi.

Farzandli bo‘lgach, tug‘ruqxonadan erimga qo‘ng‘iroq qildim. Erim esa “Uyga qaytib kelma, o‘zingni arang boqaman, bolangga qanday qarayman. To‘g‘ri Andijonga — otangni uyiga ketaver”, dedi. Shundan so‘ng, tug‘ruqxonadan chiqib, Andijonga ketdik. Oradan 6 oy o‘tgach, qizcham qattiq shamollab qoldi. Biz shifoxonaga davolanish uchun yotdik. Shunda erim ota uyimga kelib janjal ko‘targan va o‘sha kuni javobimni bergan. Men boshqaga tushmushga chiqdim. U bilan 9 oycha yashadik. Bolamga yaxshi otalik qilolmagani sabab ajrashib ketdik. Birinchi turmush o‘rtog‘im 6 yarim yildan beri bolamdan xabar olmaydi, bu odam bilan yarashish istagim yo‘q. Men hech qachon turmush o‘rtog‘imni “o‘ldi” deb aytmaganman.

 

Hayot turli sinovlardan iborat. Mana shu sinovlarga dosh berib, oilani saqlab qolish er-xotinning qo‘lida. Ular orasidagi o‘zaro ishonch mustahkam bo‘lsa, bu oilaga na o‘zgalar aralashuvi, na turli gap-so‘zlar darz yetkaza oladi. Xulosa esa o‘zingizdan.

 

Munojat Valiyeva

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Ayolim meni o‘ldiga chiqarib, o‘zi boshqasiga turmushga chiqdi | Zamon.uz