Rossiyaning Biysk shaxrida 12 yoshli bola elektron sigaret tufayli vafot etdi
Yigitning singlisi va uning dugonasi kasalxonaga yotqizilgan.

Maʼlum bo‘lishicha 18 yoshli qiz 12 yoshli ukasi bilan dugonasinikiga tunab qolish uchun kelishgan. Kvartirada o‘smirlar nazoratsiz yolg‘iz bo‘lgani sabab elektron sigaret chekishgan. Shundan so‘ng o‘zlarini yomon his qila boshlashgan. Ertalab ularni mehmondorchilikdan barvaqt uyga qaytgan buvisi hushsiz holda topgan.
Darhol tez yordam chaqirilib qizlar Biysk shahar kasalxonasiga yotqizilgan. O‘smir bolani esa qutqarib qolish imkoni bo‘lmagan.
Yigitning elektron sigaretadan noto‘g‘ri foydalangani o‘lim holatini yuzaga keltirgani taxmin qilinmoqda.
Altay o‘lkasining Ombudsmani Olga Kazansevaning OAV ga bergan maʼlumotida yigit o‘ziga to‘q, badavlat oilada yashagani, profilaktika ro‘yxatida bo‘lmagani, ota-onasi maʼmuriy javobgarlikka tortilmaganini bildirgan. "O‘lim sabablari sud-tibbiy ekspertizadan keyin maʼlum bo‘ladi"-deya qo‘shimcha qilgan Kazanseva.
Rossiya Federatsiyasining Altay o‘lkasi bo‘yicha tergov qo‘mitasi holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganini maʼlum qilgan.
Munojat Valiyeva







