O'zbekiston

Toshkentda moliyaviy piramida tashkil qilgan ukrainalik fuqaro qamoqqa olingan

M.M. 2020-yil 15-yanvarda Toshkentda “Golden Сash story” MCHJ xorijiy korxonasini taʼsis etgan.

Toshkentda moliyaviy piramida tashkil qilgan ukrainalik fuqaro qamoqqa olingan

 

Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida maʼlumot berildi.

 

Korxonaning asosiy faoliyati ulgurji savdo amalga oshirish bo‘lsa-da, OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot-tashviqot uyushtirib, ushbu korxonaga tilla va kumush buyumlarini investitsiya tariqasida kiritganlarga haftasiga 2,3%, yiliga 40% dan 262% gacha daromad berib borish bilan qiziqtirgan. Natijada, minglab fuqarolardan 100 AQSH dollaridan 10.000 AQSH dollarigacha bo‘lgan narxdagi tilla va kumush buyumlarni qo‘lga kiritgan.

 

— Ular mijozlar oldidagi majburiyatlarini yangi mijozlar hisobidan go‘yoki daromad sifatida plastik kartalariga maʼlum miqdorda pul mablag‘ini o‘tkazish yo‘li bilan qiziqtirib, respublika bo‘yicha minlab fuqarolarning juda ko‘p miqdorga teng bo‘lgan mulkini qo‘lga kiritgan. Jabrlanganlar soni, asosan, Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Buxoro, Qaraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri keladi, — dedi IIV Tergov departamenti o‘ta muxim ishlar bo‘yicha tergovchisi Maʼmur Rahmatullayev.

 

IIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi 2021-yil 17-noyabrda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan xorijiy korxona va uning mansabdor xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 181-moddasi 2-qismi "v","g" bandlari bilan qo‘zg‘atilgan. Mansabdorlar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Shuningdek, 22-noyabrda kuni jinoyat ishi Tergov departamenti ish yurituviga olingan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda moliyaviy piramida tashkil qilgan ukrainalik fuqaro qamoqqa olingan | Zamon.uz