O'zbekiston

Bu markaz mamlakatimiz harbiy xavfsizligini ta’minlashda tayanch tuzilmaga aylanishi zarur – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Mudofaani boshqarish milliy markazini borib ko‘rdi.

Bu markaz mamlakatimiz harbiy xavfsizligini ta’minlashda tayanch tuzilmaga aylanishi zarur – Shavkat Mirziyoyev


Bugun, 13-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mudofaasini boshqarish milliy markazini borib ko‘rdi.

 

Mudofaa vazirligida barpo etilgan ushbu markaz qo‘shinlar boshqaruvining eng zamonaviy shakllarini mujassam etgan, barcha kuch tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirib borishga ixtisoslashgan. Majmua yuqori texnologik imkoniyatlari bilan yurtimiz havo sarhadlarini, o‘quv muassasalari va poligonlardagi mashg‘ulotlar jarayonini real vaqtda kuzatish, bo‘linmalarning harakatini trank aloqa orqali nazorat qilishni ta’minlaydi.

 

Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, bunda harbiy-ma’muriy sektorlarning ishtiroki, qo‘shinlarning kundalik va jangovar faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar to‘planib, tizimli monitoring olib boriladi.

 

Oliy Bosh Qo‘mondon ushbu markazda yaratilgan sharoitlar va texnik imkoniyatlar bilan tanishdi. Mutasaddilarga uning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, mudofaa tizimiga tezlik bilan integratsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

– Bu markaz mamlakatimiz harbiy xavfsizligini ta’minlashda tayanch tuzilmaga aylanishi zarur. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda markaz uchun dasturiy-apparat majmuasini ishlab chiqish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Ayni paytda bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi davom etmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bu markaz mamlakatimiz harbiy xavfsizligini ta’minlashda tayanch tuzilmaga aylanishi zarur – Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz