O'zbekiston

Meni tuhmat bilan qamatishdi

3 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etildim.

Meni tuhmat bilan qamatishdi

 

Dilafruzning so‘zlariga ko‘ra, u 2016 yil Olimbek Mubiyevga turmushga chiqqan. 2 yildan so‘ng turmush o‘rtog‘i 2018 yil insult kasalligi bilan xastalanib qolgach, ular turli qiiynchiliklarga duch kela boshlaydi.

 

— Qayinsinglim ayollar savdosi bilan shug‘ullanardi. U meni yolg‘iz oila tebratishimni ko‘rib, rahmi keldi, shekilli, uyimga bir tatar millatiga mansub ayolni olib keldi. Albina menga uy ishlarida yordam berishini aytdi. U ayol spirtli ichimlik ichar ekan. Men ishdaligimda uyga begona erkaklarni olib kelib, maishat qiladigan odat chiqardi. Bir kuni tungi soat 02:30 lar chamasi shovqindan uyg‘onib ketdim. Albinaning xonasiga kirsam, bir erkak bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilib o‘tirgan ekan. Jahl ustida ikkisini ham o‘sha zahoti uydan haydab yubordim.

 

Ertasi kuni qayinsinglim kelib rosa to‘palon ko‘tardi. Qizni uyga kiritishimni aytdi. Ilojsizlikdan qizni kiritdim. Kunlarning birida tunda yotog‘imga o‘sha yigit kirib, menga tashlandi. Men uni bor kuchim bilan itarib yubordim. U meni yo‘lakkacha sudrab chiqdi. Albina esa voqeani telefoniga syomka qildi.  Tabiiyki, men ham bunga javoban ularni yotoqda telefonga syomka qildim va telefonimni qizning qo‘liga berib: “syomka qilish mana shunday bo‘ladi” — dedim.  

 

Ertasi kuni uyimizga Ichki ishlar xodimlari kelib, meni olib ketishdi. Menga Albinaning yigitiga OITS kasalligini yuqtirganlikda ayblashdi. 3 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etildim.

 

Albina meni o‘sha yigiti bilan yaqinlikda bo‘lganimni va unga OITS yuqtirganimni, yigit esa kasallikni Albinaga yuqtirganini yozib bergan.

 

O‘zingiz nima deb o‘ylaysiz, nega sizga tuhmat qilishgan, qayerda xato qilgansiz?

 

— Erim kasal bo‘lganidan keyin shifokorlar uni uzoq yashamaydi deyishdi. Qayinsinglim, turmush o‘rtog‘imning avvalgi xotini va o‘g‘li men bilan uy talashishni boshlashdi. Ular mendan qutilish uchun shu nayrangni rejalashtirib, qamatishdi. Mendan OITSga tahlil olishdi. Biroq menda bunday kasallik aniqlanmagan. Jazo muddatini o‘tab, qaytib keldim. Kelsam erim och va qarovsiz qolib ketganini aytdi. Hozir ham uyimizdan janjal-to‘polon arimayapti. Meni uydan chiqib ketishimni talab qilishyapti. Ammo men erimni tashlab ketolmayman.

 

Biz Dilafruzning turmush o‘rtog‘i rostdan ham qarovsiz qolib ketganiga ishonch hosil qilish maqsadida Olimbek Mubiyev bilan bog‘landik. Suhbat davomida u insultdan so‘ng yaxshi gapira olmasligini, ammo voqea tafsilotlarini aytib berishga harakat qilishini aytdi.

 

Uning aytishicha, u o‘g‘li Mahmud tomonidan doimiy kaltaklanib, och qoldirilgan. o‘g‘lining bu ishlaridan yagona maqsad — uyni olib qo‘yish bo‘lgan. Xastaligidan foydalanib, yashayotgan uyiga o‘g‘li noqonuniy tarzda doimiy ro‘yxatdan o‘tib olganini bildirdi.

 

Voqeadan xabardor advokat Munavvar Toshmuhammedova esa voqeani quyidagicha izohladi:

 

— Davlat hech qachon o‘z-o‘zidan birovni qamamaydi.  Dilafruz Mubiyevada ayb katta. Albinani ijaraga o‘zi qo‘ygan. U bilan doimiy spirtli ichimliklar ichgan. Spirtli ichimliklar sotadigan do‘konga ko‘p marotaba aroq olgani kirganini do‘kon xodimlari ham tasdiqlaydi. Agar u aytganidek, tuhmat bilan qamalgan ekan, nega apellyatsiya va kassatsiya shikoyati bermagan.

 

Men hukm bilan tanishib chiqdim. Dilafruz uyidan Albina va uning oldiga keladigan odamlar uchun sharoit yaratib bergan. Qo‘shmachilik qilgani uchun qamalgan.

 

Tanganing ikkinchi tomoni bor: biz Dilafruzning hikoyasini tingladik. Xulosa bir tomonlama bo‘lmasligi uchun qaynisinglisi Nodira Islamova bilan ham bog‘landik:  

 

— Dilafruzning gaplari hammasi tuhmat. Albinani men olib kelmaganman.  Ularning o‘zi qizni uyiga olib kelib, ijaraga qo‘yishgan.  Uyidan mast odamlar arimasdi. O‘zlari ham ularga qo‘shilib ichishardi. Akam, aslida, Dilafruzni uy ishlarida yordam beradi, kir-chirimni yuvadi deb "Qo‘yliq" bozori yaqinidagi "most tagi"dan olib kelgan. Folbinlarga borib, issiq-sovuq qilib, akamni boshini aylantirib oldi. Keyinchalik nikohdan o‘tib, uyni o‘zini nomiga o‘tkazib oldi. Qamoqxonada bo‘lgan vaqtida akamga o‘zim qaradim. Mahmud ham yordam berdi.

 

Dilafruz bir hafta oldin sudga ajrashishga ariza tashlabdi. Endi uyni o‘zining nomiga o‘tkazib olgach, akamni asta-sekin chiqarib yuboradi. Ikki o‘rtada akam uysiz qoladi. Shuni hech kim tushunmayapti.

 

Ilmira Muzaffarova “Tong” MFY raisi o‘rinbosari:

 

— Bu oila anchadan buyon notinch oilalar ro‘yxatida turadi. Olim Mubiyev uyiga turli odamlarni to‘plab, ular bilan doimiy spirtli ichimliklar ichib kelgan. Insult bo‘lishiga sabab ham aynan shu ichkilik sabab bo‘lgan.

 

Dilafruz hammaga erining yaqinlari tuhmat bilan qamashganini aytmoqda. Aslida, qo‘shmachilik qilgani uchun qamalgan. Qo‘shnilarning hammasi bu oiladan bezor. Yaqinda eri bilan ajrashishga ariza beribdi. Sabablari so‘ralganda farzandi yo‘qligini ro‘kach qildi. Uyni o‘z nomiga o‘tkazib olgan. Endi Olimjon Mubiyevni ko‘chaga haydab yuborishidan havotirdamiz.

 

Biz Dilafruz Mubiyevadan ajrimdan so‘ngi rejalarini so‘radik. Ayol kelgusida boshqa oila qurib, farzandli bo‘lishni istayotgani, kelgusida uyni sotib yuborgan taqdirda ham Olimbek Mubiyevni ko‘chaga tashlab qo‘ymasligini, g‘amxo‘rlik qilishini aytdi.

 

Munojat Valiyeva

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Meni tuhmat bilan qamatishdi | Zamon.uz