O'zbekiston

Xonanda Ravshan Namozovga moddiy yordam emas, faqat qon kerak

SHuningdek, uning qon guruhi ''universal'' emas.

Xonanda Ravshan Namozovga moddiy yordam emas, faqat qon kerak

 

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Namozovning gematologiya shifoxonasida davolanayotgani, unga shoshilinch qon kerakligi, salomatligi jiddiy xavf ostida ekani haqida xabarlar tarqaldi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Zamon.uz muxbiri san’atkor davolanayotgan shifoxonaga bordi. 

 

Gematologiya bo‘limi shifokorlarining aytishicha, bemorning ahvoli qoniqarli emas. Unga faqat qon kerak. 

 

— Bemorga hech qanday moliyaviy yordam kerak emas. Har qanday qon guruhi bo‘lishidan qat’iy nazar bizga donorlar kerak, — deydi bemorning shifokori. 

 

Tarmoqlarda tarqalgan xabarda ham istalgan qon guruhi kerak deyilgandi. Shifokor ham bu ma’lumotni tasdiqladi. Shuningdek, Ravshan Namozovning qon guruhi 3+ ekanini aytdi. Qizig‘i, bu turdagi qon guruhiga istalgan emas, faqat uchinchi va birinchi qon guruhi to‘g‘ri keladi. “Barcha turdagi qon guruhi” qabilidagi e’lonlarga nima sabab bo‘lgani esa noaniq.

 

Biz xonandaning ayoli bog‘landik. 

 

— Avvaldan qon bilan bog‘liq kasalliklari bor. Turmush o‘rtog‘im 2 oydan buyon davolanyaptilar. Hech qanday moddiy yordam so‘raganimiz yo‘q. Bizga faqat donorlar kerak. Xabar tarqalganidan so‘ng ko‘pchilik telefon qilib hol-ahvol so‘radi. San’atkorlar, o‘zlarining shogirdlari va muxlislari qon ham topshirdi. Lekin ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar bizdan tarqamagan. Kim, nima uchun, qanday maqsadda moddiy yordam va istalgan qon guruhi kerakligi haqida xabar tarqatgani ham bizga qorong‘u. Hatto o‘ldi, deb gap tarqatishdi. Menga ham telefon qilib shu haqida so‘rashdi. Ravshan akani ahvoli hozir ancha yaxshi. Savob uchun qon berish istagi borlar borib, qon topshirsa bo‘ladi.

 

San’atkor o‘z ijodi bilan muxlislari va xalq mehrini qozona olgan. Shu sabab, yaxshilik qiluvchilar topilgan. Afsuski, bu kabi vaziyatdan unumli foydalanadigan ustasi faranglar ham oramizda yo‘q emas. Tarqatilayotgan axborot qanday bo‘lishidan qat’i nazar u yaxshilikka xizmat qilishi kerak.

 

Yulduz Rustamova

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Xonanda Ravshan Namozovga moddiy yordam emas, faqat qon kerak | Zamon.uz