O'zbekiston

Andijonda 12 ta sog‘lom daraxt hokim buyrug‘i bilan kesib tashlangani rostmi?

Bu bo‘yicha viloyat hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.

Andijonda 12 ta sog‘lom daraxt hokim buyrug‘i bilan kesib tashlangani rostmi?

 

Kuni kecha ijtimoiy tarqmoqlarda Andijon viloyat perinatal markazi hovlisida yashnab turgan 12 ta daraxt kesib tashlangani haqida xabar tarqaldi.


Kun.uz muxbirining aytishicha, kesilgan daraxtlar kasal emas, yam-yashil yashnab turgan sosnalar — ninabargli manzarali daraxtlar. Ular Andijon shahar obodonchilik korxonasi xodimlari tomonidan tunda, ish vaqtidan so‘ng kesib, negadir nomersiz mashinada tashib ketilayotgan bo‘lgan. Shuningdek, xabarda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov perinatal markazning yangi qurilgan binosining oldi ochilsin, deb daraxtlarni kesishni buyurgani haqida yozilgan.

 

Viloyat hokimligi bu bo‘yicha munosabat bildirib, yuqoridagi ishlar hokim buyrug‘i asosida amalga oshirilganini rad etdi.

 


Rasmiy ma’lumotga ko'ra, hozirgi kunda viloyat perenatal markazida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari va 180 dan ortiq manzarali daraxt va ko‘chatlar ekish ishlari amalga oshirilmoqda.  Hududdagi daraxtlar o‘z joyida turibdi va xech kim uni kesib tashlash to‘g‘risidagi buyrug‘ini bermagan. 

 

“Yuqorida keltirilgan holat viloyat hokimligi tomonidan aloxida nazoratga olindi. Hududda konun buzilish holatlari aniqlangan takdirda ayibdorlarga qonuniy jazo choralari ko‘rilishi va bu haqida batafsil axborot berilishini ma’lum qilamiz”, – deyiladi xabarda

 

Javohirbek TURSUNOV

custom img

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Belgilangan to‘lov ham onlayn amalga oshiriladi.

custom img

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

custom img

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

custom img

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlari ishtirokida fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"