AQShda konsert vaqtida otishma yuz berdi
6 nafar yarador kasalxonaga yotqizilgan.

AQShning Evgeniy shahrida konsert vaqtida otishma sodir bo'ldi. Hodisa natijasida kamida olti kishi jarohat oldi. Bu haqda shahar politsiya boshqarmasi Twitter’da ma’lum qildi.
Besh nafar jabrlanuvchi mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Keyinchalik ularning soni oltitaga ko'paydi.
Voqea sabablariga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq Michigan shtatida 15 yoshli o‘smir maktabda o‘q uzgan edi. Oqibatda uch kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi.
Shuningdek, Baytin shahridagi ziyofatda ro'y bergan otishmada 13 kishi yaralangani xabar qilingan edi.








