Jahon

AQSh: "Rossiyaga nisbatan keyingi qadamimiz Moskvaning harakatiga bog’liq"

Oq uy Rossiyaga nisbatan jiddiy choralar ko’rishga tayyorligini ma’lum qildi.

AQSh: "Rossiyaga nisbatan keyingi qadamimiz Moskvaning harakatiga bog’liq"

 

AQSh prezidenti ma'muriyati kelgusi hafta boshida Rossiyaga nisbatan keyingi diplomatik qadamlar haqida ma'lumot beradi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi, deb xabar qiladi  CBS telekanali. 

 


"Biz ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz, jumladan, ukrainaliklar bilan yaqin aloqadamiz. Keyingi qadamlar ustida yaqin hamkorlikda ishlayapmiz. Kelgusi hafta boshida keyingi diplomatik qadamlar haqida ko'proq ma'lumot almashishimiz mumkin bo'ladi. Agar Rossiya diplomatiya yoʻlida olgʻa intilishni istasa, ittifoqdoshlarimiz va hamkorlarimiz bilan bunga mutlaqo tayyormiz, agar Rossiya bosqinchilik va eskalatsiya yoʻliga oʻtmoqchi boʻlsa, biz bunga ham qatʼiy javob bilan tayyormiz", - dedi Sallivan.


U AQSh vaziyatni keskinlashtirishga ham, diplomatik ishni davom ettirishga ham tayyor ekanini eslatdi.


Shuningdek, AQSh Shimoliy Koreya bilan munosabatlarini muhokama qilmoqchi ekani to'g'risida ma'lum qilgandi.


Nasiba To'xtayeva 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh: "Rossiyaga nisbatan keyingi qadamimiz Moskvaning harakatiga bog’liq" | Zamon.uz