O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi

Endi ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi

 

Bugun, 17 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

 

Unda ixtisoslashtirilgan maktablar qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

– Bir narsani chuqur tushunib olishimiz kerak: iqtisodiyotimizga juda katta marra olganmiz. Bu yil eksportimizni 14 milliard dollarga chiqarmoqchimiz. 2025 yilga qadar mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini 100 milliard dollarga, eksport hajmini 30 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz. Buni kim qiladi? Bilimli kadrlar! – deya ta’kidladi Prezident.

 

Ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilishi belgilandi.

 

– Bu Agentlikni faqat 14 ta maktab uchun tuzganimiz yo‘q. U Prezident maktablaridagi muhitni, metodikani boshqa maktablarga ham olib kirishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shuning uchun yangi o‘quv yilidan boshlab, Nukus shahri va viloyat markazlarida ikkitadan, tuman va shaharlarda bittadan maktab tanlab olinib, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bunda o‘sha hududda rivojlangan tarmoqlar, azaldan kuchli o‘qitilgan fanlarga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi. Shu maqsadda ishchi guruh tuzib, hududlardagi sharoitlarni o‘rganish, tanlangan maktablarni yangi standartlar asosida o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

 

Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul tartibi, o‘quvchi va muallimlar bilimini baholash tizimini ham qayta ko‘rib chiqish kerakligi aytildi.

 

Davlatimiz rahbari ta’lim-tarbiya mazmuniga ham alohida e’tibor qaratdi.

 

– Ixtisoslashtirilgan maktab degani 2 soat ko‘p dars o‘tish degani emas. Unda bolalar maxsus fan bo‘yicha to‘liq bilimga, keng dunyoqarashga ega bo‘lishi zarur. O‘quvchilarda milliy ruh, vatanparvarlik hissi baland bo‘lishi kerak, – dedi Prezident.

 

Maktab ta’limini rivojlantirishga mahalliy hokimliklar, universitetlar ham mas’ul ekani, o‘zlari uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini tayyorlab borishi zarurligi ta’kidlandi.

 

Ta’lim darajasi, avvalo, o‘qituvchining bilim va malakasiga bog‘liq. Shu bois ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar va pedagoglar ikki bosqichli tanlov asosida qabul qilinadi. Prezident ta’lim muassasalari agentligiga ushbu tizim asosida yuqori malakali o‘qituvchilarni jamlab, qo‘shimcha o‘qitish, milliy va xalqaro sertifikatlar olishiga ko‘maklashish topshirildi.

 

Agentlikning Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi negizida ilmiy markaz tashkil etish vazifasi qo‘yildi. U ixtisoslashtirilgan maktablarning har bir yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro metodika asosida ilg‘or ta’lim dasturlari ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 

 

Bu ishlarni samarali tashkil etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda Prezident ta’lim muassasalari agentligining hududiy bo‘limlari tashkil etilishi belgilandi.

 

Davlatimiz rahbari maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish sifati pastligini keskin tanqid qildi.

 

– Rivojlangan mamlakatlarda oliygohda til o‘rgatmaydi. Chunki talabalar yoshligidanoq ikkita tilni biladi. Biz 1-sinfdan 11-sinfgacha chet tilini o‘rgatamiz. Lekin maktabni bitirgan bolalarning necha foizi shu tilda gaplasha oladi?! Bunga davlatning qancha puli ketayapti! Qani natijadorlik, – deya haqli savol qo‘ydi Prezident.

 

Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi boshqa maktablarda ham ta’lim sifatini oshirish, fanlar va xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

 

– Ta’lim tizimini “oyoqqa qo‘ymas” ekanmiz, islohotlar amalga oshmaydi. Buni bitta vazirlik yoki agentlik ham qilolmaydi. Bunga butun xalqimiz, jamiyatimiz mahkam kirishishi kerak. Najotimiz maktabda, najotimiz ta’limda, najotimiz bilimda, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

 

Mutasaddilarga yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar ijrosi bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi | Zamon.uz