Toshkent metropolitenida mobil aloqa va internet yo‘lga qo‘yildi
Yangi 2022 yil boshidan Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalish va stansiyalari “UZTELECOM” mobil aloqasi bilan qamrab olindi.

“UZTELECOM” milliy operatori maxsus zamonaviy uskunalardan foydalangan holda, metropolitenni yuqori texnologiyali aloqa bilan taʼminlash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Toshkent metrosi nafaqat jamoat transporti, balki madaniy meros va sayyohlik diqqatga sazovor joy hisoblanadi. Shu sabab yo‘lovchilar uchun mobil aloqa va Internet butun yo‘lda ishlashi muhimdir.
Amalga oshirilgan ishlar, birinchi navbatda, Respublika aholisi va mehmonlari uchun taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan, deyiladi xabarda.







