Mingdan ortiq xodim vaksina olmagani uchun ishdan chetlatildi
Shuningdek, 200 nafar ishchiga jarima qo’llangan.

17-yanvar kuni ishchi guruhlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektlarining 359 nafar, byudjet tashkilotlarining 885 nafar xodimi vaksina olmagani aniqlangan.
Shundan so'ng emlanmagan jami 1044 nafar xodim vaqtinchalik ishdan chetlatilgan, 200 nafariga jarimalar qo‘llanilgan. Shuningdek, 1 ta obyektning ish faoliyati to‘xtatilgan.
Bundan tashqari, Milliy gvardiya tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 65 ta bozor, 31 ta istirohat bog‘i va xiyobonlar, 46 ta ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlar, 22 ta stadion va sport majmualari, 6 ta yirik savdo markazi va 131 ta jome’ masjidida fuqarolarga karantin qoidalariga rioya qilish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilgan.








