O'zbekiston

Taraqqiyot strategiyasi takliflar asosida takomillashtirilmoqda

Farmon loyihasiga umumiy 525 ta takliflar bildirilgan.

Taraqqiyot strategiyasi takliflar asosida takomillashtirilmoqda

 

Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan edi.

 

Farmon loyihasi muhokamada turgan 2021 yil 30 dekabrdan 2022 yil 14 yanvarga qadar 43 mingdan ortiq ko‘rilgan va 525 ta takliflar bildirilgan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva maʼlum qildi.

 

Hozirda mazkur takliflar asosida Farmon loyihasini yana-da takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.

 

Loyihada ko‘p sohalar bo‘yicha yangi tartib-qoidalar, xususan  aholi va tadbirkorlar uchun yengilliklar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatidagi o‘zgarishlar, davlat boshqaruvi organlari faoliyatini transformatsiya qilish borasidagi yangi islohotlar o‘z aksini topgan.

 

Jumladan, davlat boshqaruvi organlarining “Davlat – inson uchun” tamoyili asosida hududiy masalalarni hal qilishdagi masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarni rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratiladi.

 

Unga ko‘ra, 2022 yil 1 iyuldan boshlab:

 

-   barcha bo‘g‘indagi davlat boshqaruvi organlarining bir yillik ish dasturini, shu jumladan jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqish, ularning ijro holatini doimiy eʼlon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

 

-   davlat organlarida murojaatlarni tahlil qilish, ijtimoiy so‘rovlar va jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish natijalaridan kelib chiqib, hududlar (shahar, qishloq va mahalla) kesimida o‘z tuzilmalarining faoliyati bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqilib, eʼlon qilib boriladi;

 

-   davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijro etilishi jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatib borish tizimi yaratiladi;

 

-   har bir tarmoq va hudud bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan rahbarlarning hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

   Shuningdek, loyihada xususiy sektorga o‘tkaziladigan va ularni jalb qilish mumkin bo‘lgan ayrim davlat funksiyalarini oshirish belgilanmoqda. Bunda:

 

-   ayrim sohalardagi davlat nazorati, shu jumladan yong‘in xavfsizligini taʼminlash, taʼlim sifatini nazorat qilish, dori vositalarini sertifikatlashtirish kabi funksiyalarga xususiy sektor vakillarini jalb qilish;

 

-   xususiy sektorni jalb qilish samaradorligi yuqori bo‘lgan sohalarni aniqlab, ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish nazarda tutiladi.

 

Farmon loyihasida davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish hisobiga mahalliy ijro hokimiyati organlari va hududiy davlat boshqaruvi organlarining joylarda masalalarni hal qilishdagi rolini oshirish  bo‘yicha ham yangi tartiblar belgilanishi nazarda tutilgan.

 

Bunda Respublika davlat boshqaruvi organlarining funksiya va vakolatlarini hududiy davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazishning tartibi ishlab chiqiladi.

 

Shuningdek, hududlarni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishda barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalarining samarali ishlashi uchun raqamli texnologiyalar joriy qilinadi.

 

Bundan tashqari, loyihada xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni so‘zsiz taʼminlash borasida ham muhim rejalar belgilangan.

 

Xususan:

-         mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq barcha maʼmuriy hujjatlarni qatʼiy ravishda faqat sud tartibida bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish amaliyotini joriy etish;

 

-         iqtisodiy sudlarda mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi daʼvolar yuzasidan regressiv (kamayib boruvchi) davlat boji stavkalarini qo‘llash;

 

-         davlat idorasining rasmiy maʼlumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimini joriy etish;

 

-         insofli egallovchining mulkiy huquqlarini kafolatlash va mulkdorning buzilgan huquqlarini tiklashning moliyaviy mexanizmlarini qo‘llash tartiblarini joriy qilish belgilanmoqda.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Taraqqiyot strategiyasi takliflar asosida takomillashtirilmoqda | Zamon.uz