O'zbekiston

Buxoroda ichki ishlar binosida fuqaro vafot etdi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoroda ichki ishlar binosida fuqaro vafot etdi

 

2022 yil 17 yanvar kuni _G‘ijduvon tuman ichki ishlar boshqarmasiga fuqaro F.Q. ariza bilan murojaat qilib, unda hududda giyohvandlik moddasi savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan “Asliddin” ismli shaxsga chora ko‘rishni so‘ragan.

 

Ariza asosida ichki ishlar tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ariza muallifi F.Q.ga 3 dona gugurt qutilariga joylashtirilgan 12,61 gramm “marixuanna” giyohvandlik moddasini 1 mln. 350 ming so‘mga sotgan A.R. ushlangan.

 

Ashyoviy dalillar bilan ushlangan A.R. bilan o‘tkazilgan surishtiruv jarayonida u “marixuanna” giyohvandlik moddasini tumandagi “G‘ishti” qishlog‘ida yashovchi I.T.dan sotib olganligi haqida iqrorlik ko‘rsatuvlarini bildirgan.

 

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida fuqaro I.T. tumandagi 4 -sonli IIBga taklif etilgan.

 

Ichki ishlar bo‘limiga yetib kelgan I.T.ning sog‘ligi yomonlashgan hamda ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirilgan. Biroq, yetib kelgan shifokorlar fuqaro I.T.ning vafot etganini qayd etgan.

 

Viloyat prokuraturasining tergov - tezkor guruhi tomonidan 4 - sonli IIB maʼmuriy binosi, xizmat xonalari va bino yon atrofi ko‘zdan kechirilib, holatga aloqador izlar yoki shubhali holatlar aniqlanmadi.

 

Bundan tashqari, binoga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari ko‘zdan kechirildi hamda ularning xotira moslamalari olib qo‘yildi.

 

Shuningdek, I.T.ning o‘g‘li Sh.T. hodisa joyiga chaqirilib, uning ishtirokida murda ko‘zdan kechirildi. Murdani ko‘zdan kechirish jarayonida uning murda tanasida tan jarohatlari yoki uning izlari aniqlanmagan.

 

Tibbiy ekspertiza birlamchi xulosasiga asosan fuqaro I.T.ning o‘limiga yurak qon tomirlar trombozi, o‘pka yallig‘lanishi oqibatida kelib chiqqan o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

 

Bundan tashqari, tuman tibbiyot birlashmasining maʼlumotiga ko‘ra, I.T. muqaddam yurak xuruji bo‘yicha davolanib kelganligi hamda jarrohlik amaliyoti orqali bitta buyragi olib tashlanganligi aniqlangan.

 

Hozirda, fuqaro A.R.dan giyohvandlik moddasi olinganligi holati yuzasidan G‘ijduvon tuman IIB TB tomonidan unga nisbatan JKning 273 - moddasi 5 - qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Bundan tashqari, I.T.ning vafot etganligi holati yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Tekshiruv davomida, G‘ijduvon tuman IIB xodimlarining harakatlariga qonuniy baho berilishini taʼminlash maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan.


Munojat Valiyeva

custom img

Maktablarda o‘quvchilarning sumkalari tekshirilmoqda: elektron sigaretalar topildi

O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlangan bo'lib, ularni saqlaganlik uchun qonunchilikda jarima belgilangan

custom img

“Kulliyoti Navoiy” O‘zbekistonda: nodir merosning faksimile nashri Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etildi

Kulliyot tarkibida Alisher Navoiyning 26 ta asari jamlangan bo‘lib, uning asl nusxasi Istanbul shahridagi Topqopi saroyi kutubxonasida saqlanadi.

custom img

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qo‘ng‘iroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!

Film markazida ustoz va tarbiyaning inson hayotidagi o‘rni turadi.

custom img

Turizm, aviatsiya va investitsiyalar: O‘zbekiston Turkiya bilan hamkorlikni kengaytiradi

Turkiya investorlari ishtirokida mehmonxona majmualarini barpo etish, turk mehmonxona brendlarini jalb qilish va aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ish joyidagi baxtsiz hodisalar: qaysi holatlar tekshiriladi?

Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar haqida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi tasdiqlandi.

custom img

Elektr ta’minotidagi uzilishlar vaqtida bartaraf etilmasa, kompensatsiya to‘lanadi

Tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarni elektrlashtirish choralari jadallashtiriladi.

custom img

600 mln so‘mlik kredit evaziga 12 ming dollar: prokuror yordamchisi ushlandi

Mansabdor shaxs fuqaroning avtomobil oldi-sotdisi masalasini hal qilish va imtiyozli kredit olishiga ko‘maklashish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Balandlikdan yiqilish va qoqshol: Polshada vafot etgan ikki o‘zbekistonlikning jasadlari Vatanga qaytarildi

Ularni Vatanga qaytarish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi tomonidan qoplandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"