O'zbekiston

Farzandlari  nogiron ekanligini bilgan ayol o‘z joniga qasd qildi

Gulbahor 40 yoshida onalik baxtiga muyassar bo‘lgandi.

Farzandlari  nogiron ekanligini bilgan ayol o‘z joniga qasd qildi

Gulbahor  Saidova 40 yoshida ilk bor 55 yoshli Dilshod Saidovga turmushga chiqdi. Ular 3  yil birga totuv oila bo‘lib yashashdi. Ammo ular  farzandli bo‘lishmadi.

Shundan  so‘ng, ular EKO uslubidan  foydalanib sunʼiy urug‘lantirish orqali egizak o‘g‘il  farzandli bo‘lishdi.

 

Baxt uzoqqa cho‘zilmadi. Chaqaloqlar 3 oylik bo‘lganida  bolalar shifokori  ko‘rik jarayonida egizaklarda nogironlik alomatlari borligini maʼlum qildi.  Ayol esa bu dardga bardosh berolmay  o‘z joniga qasd qildi.

 

 Buxorolik Dilshod Saidovning  aytishicha,  ayolining yaqinlari bo‘lib o‘tgan ishlarda aynan uni ayblashayotgani  qattiq zarba bergan.

 

—   Men ayolimni juda qattiq hurmat qilganman va yaxshi ko‘rganman. Umrimning eng yaxshi kunlarim shu ayolim bilan birga o‘tdi.  Biz farzandlik bo‘lishni judayam istagandik. Uch yil ichida olmagan muolajalarimiz, ko‘rinmagan  shifokorlarimiz qolmadi. Keyin oxiri EKO degan usuldan foydalandik. Usul o‘z samarasini berdi, biz farzandlik bo‘ldik.

Farzandlarim 1 oylik bo‘lganida injiqlik qilishni boshlashdi. Chaqaloqlarning  birida bo‘yin qiyshayishi, ikkinchisida esa oyoq qiyshayish alomatlari yuzaga chiqa boshladi.  Ayolim bunday dardni ko‘tarishga o‘zida sabr topolmadi. O‘zini osib qo‘ydi.  Harbiy bo‘lganim uchun birinchi yordam ko‘rsatish usulidan xabarim bor edi.  Havo berdim, yurak massajini qildim,   ammo juda kech edi. Qo‘limda ikki go‘dak qolib ketdi.   Hattoki, meni ayolimning o‘limida ham ayblashdi, farzandlarimni ham olib qo‘yishmoqchi bo‘lishdi.

 

Lola Isakova,   psixolog

—   Joniga qasd qiladigan odam  bir kunda joniga qasd qilmaydi, uning ruhiy holatida  o‘zgarishlar bo‘ladi.  Yaʼni odam o‘zini o‘ldirishga  ruhan tayyorlaydi. Ayol stressga, depressiyaga tushadi, bu o‘zgarishlarni  turmush o‘rtog‘i sezmasligining iloji yo‘q edi.  Men aminman, ayolida o‘zgarish sezgan, lekin negadir psixologga olib bormay bunga ko‘z yumgan.

 

Abdusamad Tog‘ayev, islomshunos

—   Inson tushkunlikka tushib qolsa yaqinlaridan panoh va najot  istay boshlaydi.  Agar ozgina ko‘ngilga malham topa olsa, bu  yo‘ldan qaytishi mumkin. O‘tib ketadi,  deb eʼtibor berilmasa inson o‘z hayotini o‘zi bilmagan xolda shaytonga topshirib qo‘yar ekan. O‘z joniga qasd qilishni  hayolidan o‘tkazish eng katta gunoh.  Bu gunohga nafaqat o‘zi balki yaqinlari va eng aziz insonlarini ham gunohkor qilib ketar ekan. Mana shu narsani o‘ylash kerak.

 

Durdona Raxmatullayeva, Genekolog

—   Homilani, yaʼni, yetilgan tuxumdon va spermatozoidni bachadon ichida emas, balki tashqarida urug‘lantirib so‘ng bachadonga implantatsiya   qilib ekib qo‘yish EKO deb aytiladi. EKO muolajasidan so‘ng juftliklarga hech qachon farzanding 100 foiz sog‘lom yoki nuqson  bilan tug‘iladi, deb aytmaymiz. Ko‘p holatlarda bola sog‘lom dunyoga keladi, baʼzilarida esa  nuqsonlar keyinroq paydo bo‘ladi.  Shu sabab biz oilalarni har qanday holatga tayyor bo‘lishlarini avvaldan ogohlantiramiz. Bu jarayoni psixolog  bilan hamkorlikda olib boriladi.

 

Hayotda odam har qanday qiyinchiliklarga tushib qoladi, biroq buning yo‘li birgina o‘lim emas. Xato qilmang!  Bu ayol oddiy ayol emas, balki ona, suyukli rafiqa edi. Uning ortidan ona mehriga to‘ymagan ikki norasida go‘dak qoldi. Inson berilgan neʼmatlarning qadriga yetishi va qatiʼyat bilan umr kechirishga haqlidir!

 Munojat Valiyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farzandlari  nogiron ekanligini bilgan ayol o‘z joniga qasd qildi | Zamon.uz