O'zbekiston

Prezident Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

Joriy yilda yangi metro yo‘nalishining qurilishi yakunlanib, 6 ta bekatda avtoturargohlar barpo etiladi.

Prezident Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi


Qulay jamoat transporti shaharning eng muhim shartlaridan biridir. Lekin Toshkent shahrida bu dolzarb muammoga aylanib borayotgan edi. Avtobuslarning ko‘pi eskirgani, markaziy shohbekatlar yopilib, yo‘nalishlar o‘zaro samarali bog‘lanmagani oqibatida aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan edi.

 

Masalan, so‘nggi besh yilda poytaxtimiz aholisi 300 ming nafarga ko‘paygan, hududi ham kengaygan. Bundan tashqari, har kuni bir milliondan ortiq odam kelib-ketadi. Lekin jamoat transport tizimi poytaxtdagi o‘zgarishlardan orqada. 350 ta avtobusning foydalanish muddati 10 yildan oshgan, 393 ta avtobus yetishmaydi. Tirbandliklar oqibatida avtobuslar orasidagi interval tig‘iz paytda 30 daqiqagacha yetmoqda.

 

Oqibatda yo‘lovchilar bu xizmatdan norozi bo‘lib, shaxsiy transportdan foydalanishga o‘tib ketmoqda. Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 79 foizni, jamoat transportidan foydalanish darajasi esa bor-yo‘g‘i 21 foizni tashkil etmoqda.

 

Taqdimotda shu boradagi vazifalar muhokama qilindi.

 

Aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini hozirgidan 2 barobar oshirish Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligi oldida turgan asosiy vazifa sifatida belgilandi. Bunda tizimli yondashuv va odamlar og‘irini yengil qilish maqsadi ustuvor bo‘lishi, barcha transport turlari – yo‘nalishli, temir yo‘l transporti va metro liniyalari, velosiped va piyodalar harakatiga mo‘ljallangan yo‘llarning uzviy bog‘liqligini ta’minlash va kompleks rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Hududlardan Toshkent shahriga kelishdagi asosiy yo‘llarda 10 ta zamonaviy shohbekat, yo‘lovchilar juda ko‘p bo‘ladigan 6 ta metro bekati yonida avtoturargohlar barpo etish bo‘yicha topshiriq berildi.

 

Joriy yilda “Qo‘yliq-Qipchoq” yerusti metrosi qurilishi ham yakunlanadi. Buning natijasida yengil avtomobildan foydalanayotgan 70 ming aholi uchun jamoat transportida yurishga qulay sharoit yaratiladi.

 

Bundan tashqari, yo‘lovchilar oqimining kelgusi 5 yillik prognozidan kelib chiqib, jamoat transporti tizimining iqtisodiy-matematik modelini yaratish, Transport universiteti ilmiy salohiyatini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Toshkent shahrida transportlar soni yiliga 15 foiz o‘sib, kuniga 800 ming avtomobil harakatlanmoqda. Yo‘llar piyoda va velosipedda yurish uchun qulay emas. 500 dan ortiq katta chorraha bo‘lib, aksariyatining o‘tkazuvchanlik darajasi past. Bularning hamda harakatlanish madaniyati pastligi oqibatida yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘lmoqda.

 

Davlatimiz rahbari yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etish orqali mazkur chorrahalarda o‘tkazuvchanlik va qulaylikni oshirish kerakligini ta’kidladi. Bu yil 200 ta chorrahada harakatni transport oqimiga qarab boshqarish tizimi joriy etilishi, 180 kilometr piyoda va velosiped yo‘laklari qurilishi, 2 ming avtomobilga mo‘ljallangan to‘xtash joylari tashkil etilishi belgilandi.

 

Shuningdek, joriy yilda avtobus parkining 35 foizi yangilanadi. Buning uchun 410 ta avtobus va elektrobus xarid qilinib, katta sig‘imli avtobuslar soni 2 barobar oshiriladi. Shuningdek, shaharda elektromobillar soni ko‘payib borayotganini hisobga olib, ular uchun quvvatlash stansiyalarini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

 

Taqdimotda Toshkent shahrida jamoat transporti va transport infratuzilmasini Germaniya va Rossiyaning megapolislarni rivojlantirish borasidagi ilmiy asoslangan tajribasi asosida takomillashtirish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.  

 

Shuningdek, jamoat transporti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, “Toshshahartransxizmat” korxonalarini moliyaviy auditdan o‘tkazib, transformasiya qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

 

Davlatimiz rahbari sohani byudjet va boshqa manbalardan tashqari davlat-xususiy sherikchilik asosida ham rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

 

Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligiga poytaxtimizda jamoat transportini rivojlantirish konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqib, keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish topshirildi.

 

Istiqbolda barcha viloyat markazlaridagi jamoat transportini ularning aholi soni, yashash va ish joylari, rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqib, poytaxt tajribasi va ilmiy yondashuv asosida takomillashtirilishi ta’kidlandi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi | Zamon.uz