O'zbekiston

Endi 3 oydan ortiq bo’sh turgan obyektlar ijaraga beriladi yoki sotuvga chiqariladi

Prezident boshchiligidagi videoselektorda xususiylashtirish borasidagi ishlar tanqidiy muhokama qilindi.

Endi 3 oydan ortiq bo’sh turgan obyektlar ijaraga beriladi yoki sotuvga chiqariladi

 

Bugun, 20 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishda sohadagi ishlar ahvoli tanqidiy muhokama qilingan. Jumladan, tarmoq va hududlarda samarasiz ishlatilayotgan 2 mingta ob’yekt borligi, viloyat hokimliklari balansidagi 170 ga yaqin bo‘sh ob’yekt yillar davomida sotilmay turgani aytilib, bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarga intizomiy choralar ko‘rilishi belgilandi.  Shuningdek, ayrim rahbarlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

 

Yig‘ilishda joriy yilda sohadagi ishlarni faollashtirib, natijadorlikni ikki barobar oshirish zarurligi ta’kidlanib, bugungacha savdoga qo‘yilgan 33 mingta yer uchastkasini mulk huquqi asosida sotish, shuningdek, 1 iyulga qadar yana 25 mingta maydonni auksionga chiqarish vazifasi qo‘yildi. Bundan tashqari, yo‘l, transport, neft-gaz, energetika, avtomobilsozlik tarmoqlariga qarashli 266 ta korxonani alohida yondashuv asosida savdoga chiqarish kerakligi aytildi.


"Hali ko‘plab tarmoq rahbarlari tizimidagi nosohaviy korxonalarni samarasiz ishlatmoqda. Yirik tarmoqlarda 480 ta korxonadagi davlat ulushini to‘liq xususiy sektorga berish mumkin", – dedi Shavkat Mirziyoyev.


Shundan kelib chiqib, Bosh vazirga “O‘zavtosanoat”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zbekneftegaz”, “Hududiy elektr tarmoqlari” kabi tarmoqlardagi tegishli ob’yektlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni xususiylashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.


Bundan buyon, uch oydan ortiq bo‘sh turgan ob’yekt ijaraga berilishi yoki sotuvga chiqarilishi shartligi belgilandi. Davlat aktivlari agentligiga davlat ulushi bor korxonalarning ijara shartnomalarini ochiq-oshkora ro‘yxatga olish va onlayn nazorat qilish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Endi 3 oydan ortiq bo’sh turgan obyektlar ijaraga beriladi yoki sotuvga chiqariladi | Zamon.uz