O'zbekiston

Navoiyda “Cobalt”ga to’qnashgan “Spark” yonib ketdi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Navoiyda “Cobalt”ga to’qnashgan “Spark” yonib ketdi

 


Bugun, 20-yanvar kuni Navoiy shahrining Islom Karimov ko’chasida 29 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina o’zi bilan bir yo’nalishda harakatlanib borayotgan “Cobalt”ning orqa tomoniga borib urilgan. Zarb oqibatida “Spark”ning dvigatel qismida yong’in yuzaga kelgan.

 

Yo’l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining ma’lumotiga ko’ra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va yong’in bartaraf etilgan. 

 

Avvalroq Namangan viloyatining Pop tumanida “Lacetti” yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

 

Javohirbek TURSUNOV

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"