Xitoyda YTH mushakbozlik shousiga aylandi
Halokatga uchragan yuk mashinasidagi barcha pirotexnika portlagan

Xitoyning Xunan provinsiyasida pirotexnika olib ketayotgan yuk mashinasi halokatga uchradi. Bu haqda “The South China Morning Post” nashri maʼlum qildi.
YTH dan so‘ng transport vositasidagi barcha pirotexnika mahsulotlari portlab, yonib ketgan. Natijada katta mushakbozlik tomoshasi sodir bo‘ldi. Favqulodda holatni katta yo‘l bo‘ylab o‘tayotgan haydovchilar suratga olishgan. Qayd etilishicha, YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq JARda yo‘ovchilar bilan to‘la avtobus yonib ketgani xabar qilingan edi. Oqibatda 18 kishi halok bo‘lgan.







