O'zbekiston

Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari mahalladagi islohotchi bo‘ladi – Prezident

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida mahallabay ishlash tizimini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari mahalladagi islohotchi bo‘ladi – Prezident

 

Bugun, 21-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirib, poytaxtda mahallabay ishlash tizimini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.


Prezident tashrif buyurgan obyeklardan biri – Yunusobod tumanida qurilayotgan Tashkent Central Park majmuasi bo‘lib, u yerda besh yulduzli mehmonxona, biznes ofislar, konferensiya zali, savdo shoxobchalari va restoranlardan iborat 15 qavatli yangi bino barpo etiladi. 

 

Davlat rahbari Olmazor ko‘chasida barpo etilayotgan Tashkent city mall majmuasini ham borib ko‘rdi. Bu yerda 29 qavatli mehmonxona, 30 qavatli biznes markazi, 4 qavatli savdo-ko‘ngilochar shoxobchalar binosi bo‘ladi. Ularning qurilishi jadal davom etmoqda va 2023 yilgacha ishga tushirilishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, Prezident Toshkent shahar hokimligida barpo etilgan vaziyatlarni boshqarish markazi bilan tanishdi. Ushbu markaz aholiga zamonaviy xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va issiqlik ta’minoti, yo‘l, transport, jamoat xavfsizligi kabi 60 dan ortiq soha idoralarining billing tizimi va portallari bilan integrasiya qilingan. Bu orqali mazkur sohalardagi ma’lumotlar, barcha mahalla va ko‘chalaridagi holat geolokasiya orqali yaqqol ko‘rinib turadi. Tumanlarga biriktirilgan mutaxassislar buni onlayn rejimda kuzatib boradi va zarur paytda tezkor xizmat ko‘rsatadi.

 

Ayni shu yerda mahallabay ishlashni tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Toshkent shahrining 579 ta mahallasida hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari faoliyat boshlagan bo‘lib, Prezident o‘z nutqida ularning faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tgan.


“Bu ikki tizim vakillari, ya’ni hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari mahalladagi islohotchi bo‘ladi. Aholi hayotini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni kasbga o‘rgatib, ishga joylashtirish masalalarida sizlardan umidimiz katta”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.


Yig‘ilishda, shuningdek, mutasaddilarga qayerda qanday sohani rivojlantirish, ishsiz aholini qaysi kasblarga o‘qitish bo‘yicha har bir mahallaning iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish topshiriqlari berilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari mahalladagi islohotchi bo‘ladi – Prezident | Zamon.uz